Hindistonning Uttar-Pradesh shtati politsiyasi yerga tiriklayin ko‘mib tashlangan va tasodifan qo‘shnisi tomonidan qutqarilgan yetti yoshli Tanu ismli qizchaning qarindoshlarini qidirmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Sitapur okrugi prefekrurasi ma’lumotlariga ko‘ra, qamish plantatsiyasidagi ishchi bola qichqirig‘ini eshitadi va ovoz kelgan tomonni mo‘ljalga olib kelib, yerning harakatga kelayotganini sezadi. Shundan keyin qizchani kovlab chiqarib oladi.
Mahalliy politsiya versiyasiga ko‘ra, qizchaning amakisi va kelinoyisi uni qishloq yarmarkasiga aylantirish bahonasida uyidan olib keladi. Keyin uni bo‘g‘ib o‘ldirib, avvaldan tayyorlab qo‘yilgan chuqurga ko‘mib qo‘yadi. Mo‘jiza tufayli tirik qolgan qizaloq kasalxonaga yotqizilgan va xabarlarga ko‘ra, o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Qarindoshlari qizchani nima uchun o‘ldirmoqchi bo‘lgani noma’lum, biroq yosh qizchalar qotilligi Hindistonda tez-tez uchrab turadi. Hind jamiyatida ayollar haligacha diskriminatsiyaga uchraydi.
Hind oilalarida, ayniqsa qashshoq oilalarda qizlar “ortiqcha xarajatli yuk” hisoblanadi, va ko‘pchilik ota-onalar o‘g‘il farzandlarni afzal ko‘radi.
Izoh (0)