Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga bostirib kirdi, harbiy hujum bir nechta yo‘nalishda davom etmoqda. Bu haqda Espreso.TV efirida Ukraina ichki ishlar vaziri Zoryan Shkiryak ma’lum qildi, deb yozadi Segodnya.ua.
“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining Ukraina hududiga bostirib kirishi sodir bo‘ldi. U bir nechta yo‘nalishda davom etmoqda. Bugun Rossiya Bosh shtabi Donbassdagi aholi punktlari ustidan nazoratni qo‘lga olish maqsadida o‘z harakatlari bilan aksilterrorchilik operatsiyasi kuchlarini tarqatib yubormoqchi”, — dedi u.
Nashrning eslatishicha, avvalroq AQSh Davlat departamenti Donbassdagi Rossiya muntazam qo‘shinlarining faolligini tasdiqlagan edi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Jen Psaki bayonot bergan.
Uning aytishicha, AQShda bor ma’lumotlar rossiyaliklarning Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumga o‘tganidan xabardor qilgan. Shuningdek Psaki rossiyaliklar Ukrainadagi xatti-harakatlari haqida barchaga, jumladan o‘z askarlari va ularning oilalariga ham yolg‘on gapirayotganidan xavotir bildirdi.
Izoh (0)