Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida bilyard bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik sportchi Aleksandr Sidorov muvaffaqiyatli qatnashdi, deya xabar berdi Ulpravda.ru.
Buxorodan tashrif buyurgan Sidorov yarim finalda ulyanovsklik Sergey Kurmanayevni, finalda esa yoshlar o‘rtasida jahon chempioni tambovlik Kirill Yurinni mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
“Avgust oxirida jahon chempionati boshlanishini hisobga olib, Ulyanovskka kelish-kelmaslik haqida uzoq o‘yladim, — dedi o‘zbekistonlik bilyardchi Aleksandr Sidorov. — Biroq musobaqada kuchli raqiblar ishtirok etishini bilib, bu yerga kelishga qaror qildim”.
Izoh (0)