Shimoliy Koreya raketa sinovlari doirasida sharqiy qirg‘oqdan Yapon dengiziga qarata uchta qisqa masofaga uchuvchi raketani uchirdi. Bu haqda “Renxap” agentligiga tayanib, Gazeta.ru xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi raketa Rim papasi Fransisk Janubiy Koreyaga yetib kelishidan 35 daqiqa avval uchirilgan.
KXDR 30-iyul kuni ham kichik masofali to‘rtta raketani uchirgan edi. O‘shanda ikki raketa parvozi muvaffaqiyatsiz chiqqan, qolgan ikkitasi esa 130 va 210 kilometr uzoqlikkacha uchgan edi.
Izoh (0)