Ukrainaning yuz nafar fuqarosi, jumladan 25 yosh bola Ulyanovskka FVV samolyotida yetib keldi. Aeroportda ularni tibbiyot xodimlari, ruhshunoslar, ijtimoiy himoya xodimlari kutib oldi.
Euronews xabar berishicha, Rossiya hududidan vaqtincha panoh topgan bunday qochqinlarning umumiy soni 51 mingtadan oshgan.
Donbassda esa Ukraina armiyasi ayirmachilar nazorati ostida bo‘lgan Lugansk va Donetskni olish bo‘yicha hujumlarni davom ettirmoqda. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi xabariga ko‘ra, avgust boshidan buyon qamalda bo‘lgan Luganskda yuqumli kasalliklar avj olish xavfi bor. Yaqinda Luganskdan 350 kishi evakuatsiya qilingan.
Inson huquqlari bo‘yicha RF vakili Ella Pamfilova qochqinlarga Ukrainada yo‘qotgan mulklarini to‘lab berishi uchun Yevropa sudiga da’vo tayyorlashni tavsiya qildi.
Izoh (0)