Ukraina Oliy Radasi yalpi majlisda mamlakat hududida terrorizm va ayirmachilikni qo‘llab-quvvatlayotgan shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritish haqidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Sanksiyalar Rossiya va boshqa mamlakatlardagi 172 nafar jismoniy shaxs va 65 yuridik shaxsga qarshi qo‘llanilishi mumkin. Jami 30 xil turdagi sanksiyalar tayyorlangan bo‘lib, ukrain hukumati davlatlar, jismoniy va yuridik shaxslar aktivlarini bloklab qo‘yishi, savdo operatsiyalarini cheklashi, moliyaviy majburiyatlarni bajarishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Izoh (0)