Vladimir Putin Yevrokomissiya raisi Joze Manuel Barrozu bilan telefon suhbatida Rossiya Qizil Xoch Xalqaro Qo‘mitasi vakillari bilan hamkorlikda Ukrainaga gumanitar konvoy yuborayotganini aytdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Ayni paytda NATO bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganini taxmin qilmoqda.
“Biz Rossiyaning gumanitar operatsiya niqobi ostida ushbu hujumga bahona ishlab chiqayotganini kuzatayapmiz”, — dedi u.
Avvalroq Ukraina Milliy xavfsizlik xizmati Rossiya Ukraina bilan chegarasida qurolli kuchlarini ko‘paytirgani haqidagi ma’lumotlarni keltirgan edi.
Izoh (0)