Afg‘oniston prezidentligiga nomzodlar Abdula Abdulla va Ashraf G‘ani Ahmadzay milliy birlik hukumatini tuzish haqida kelishib oldi. Bu haqda Agence France-Presse xabar berdi.
Avvalroq sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla va sobiq moliya vaziri G‘ani hamkorlik uchun komissiya tashkil qilishi xabar berilgan edi. Bo‘lajak hukumatning ishi bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar xabar qilinmayapti.
Ayni paytda saylovlarning ikkinchi bosqichini qaytadan hisob-kitob qilish ishlari davom etmoqda. Iyul oyida nomzodlar BMT nazorati ostida ovozlarni qaytadan hisoblashga kelishib olishgan edi.
7-iyul kuni ma’lum qilingan dastlabki natijalarga ko‘ra, ikkinchi bosqichda G‘ani g‘olib chiqqan. Biroq birinchi bosqichda yetakchilik qilgan Abdulla ushbu saylov natijalaridan norozi bo‘lgan.
Izoh (0)