Isroil qo‘shinlari G‘azo sektoriga yana hujum qila boshladi, 72 soatlik yarash sulhidan keyin u tomondan ham Falastin raketa hujumlari boshlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Isroil mudofaa armiyasi “Mudofaa chizig‘i” operatsiyasining faol bosqichiga o‘tilganini tasdiqladi. Isroilliklar harbiy harakatlar yangilanishida G‘azo sektorida HAMAS boshchiligidagi guruhni aybladi.
Harbiylar hisob-kitoblariga ko‘ra, bugun, 8-avgust tongdan beri jangarilar tomonidan 20 dan ortiq raketa uchirilgan. Bir oydan buyon davom etayotgan nizolarda esa jangarilar jami uch mingdan ortiq raketalarni Isroil tomonga otishgan.