Malayziya shu haftada Ukrainadagi yo‘lovchi “Boing”i halokatga uchragan joyga bir guruh politsiyachilarni yuboradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Najib Tun Razzoq ma’muriyati xabariga tayanib “ITAR-TASS” ma’lum qildi.
“30-iyul kuni 68 politsiyachi Kuala-Lumpurdan uchib ketib, xalqaro ekspertlar guruhiga qo‘shiladi” — deyiladi bayonotda. Shuningdek, ular halokat hududida xavfsizlik yaratilishiga umid bildirmoqda.
Avvalroq Malayziya bosh vaziri “Donetsk xalq respublikasi” hukumati boshlig‘i Aleksandr Boroday bilan telefonda suhbatlashgan va layner qora qutilarini, murdalarni topshirish shartlari hamda xalqaro ekspertlarni “Boing” qulagan hududga yo‘latish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.
Izoh (0)