Liviyada vaziyat keskinlashmoqda. Tripolida aqidaparastlarga qarshi urush e’lon qilgan quvg‘indagi general Xaftar qo‘llab-quvvatlayotgan “Zintan” guruhi va islomiy guruhlar o‘rtasida xalqaro aeroport uchun janglar bormoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Janglarda 50 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Shanba kunining o‘zida salafiylarning general tarafdorlariga hujumi natijasida 12 kishi qurbon bo‘ldi.
Liviyadagi AQSh diplomatik missiyasi Tunisga evakuatsiya qilindi. AQSh davlat departamenti rahbari Jon Kerri elchixona yaqinida sodir bo‘layotgan zo‘ravonlikdan xavfsirayotganliklarini bildirdi. “Vaziyat bizning xodimlarimizga xavf solmoqda. Shu tufayli Liviyadagi elchixonamiz faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatishga qaror qildik”, — dedi u.
Avvalroq Tripolida Turkiya elchixonasi yopilgan edi. Juma kuni Liviyaning Abdulla Abdurahmon at-Taniy boshchiligidagi muvaqqat hukumati mamlakat “qulash” arafasida turgani haqida ogohlantirgan edi.
Izoh (0)