G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar vaqtida halok bo‘lgan isroillik askarlar soni 33 nafarga yetdi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi tvitteri xabar bermoqda.
“G‘azo sektori shimolidagi jangovar to‘qnashuv vaqtida 36 yoshli askar Yair Ashkenazi halok bo‘ldi”, – deyiladi armiya xabarida.
Ayni vaqtda, Falastin sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida Isroilning “Mudofaa chizig‘i” operatsiyasi boshlanganidan beri halok bo‘lgan falastinliklar soni 800 nafardan oshib ketdi, deb yozadi “Kun”.
Izoh (0)