Qozog‘iston, O‘zbekiston va Rossiya chegara idoralari xodimlarining farzandlari Qirg‘izistonlik chegarachilar bolalari bilan birgalikda Issiqko‘l baland tog‘ kurort ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan “Dzerjinets” bolalar sog‘lomlashtirish markazida dam oladi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara idorasi matbuot xizmati rahbari Gulmira Borubayeva so‘zlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu loyiha Bishkekdagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ko‘magida Qirg‘iziston davlat chegara xizmati tashabbusi bilan tashkil qilingan.
Oromgoh faoliyati dasturidan Issiqko‘l viloyatidagi tarixiy qadamjolarga ekskursiyalar, teploxodda sayohat va boshqalar o‘rin olgan.
Matbuot xizmatidagilar xabar berishicha, 24-iyul kuni o‘zbek tomoni taklifi bilan Qirg‘iziston chegara vakillarining farzandlari Samarqandda dam olib kelishgan.
Izoh (0)