Xitoy O‘zbekistondagi alohida ehtiyojli bolalar uchun umumiy qiymati 2 670 000 ga teng 740 ta maxsus kompyuter, audiosinflar uchun qurilmalar, eshitish qobiliyati past bo‘lganlar uchun 28 ta maxsus uskuna, Brayl tizimidagi yozuv mashinkalarini respublikadagi 87 ta maktab-internatlarga yetkazib beradi. Bu haqda Anhor.uz xabar berdi.
Bundan tashqari, Xitoy hukumati Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligiga 300 ming dollarlik kompyuter texnikalarini beg‘araz yordam sifatida taqdim etadi.
Yana bir loyiha doirasida esa Xitoy respublika ichki ishlar organlarini 1,5 million dollarlik texnik uskunalar bilan jihozlaydi.
Izoh (0)