Rossiyaning Volgograd shahrida chaqaloqni sotishga harakat qilgan o‘zbekistonlik 35 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Anhor.Uz xabar bermoqda.
Kun.uz yozishicha, ayol o‘zining homiladorligini qarindoshlaridan yashirishga harakat qilgan va bolasi tug‘ilmasidanoq uni farzandsiz oilaga sotishga qaror qilgan.
2014-yilning mart oyida ayol o‘g‘il farzand tuqqan va shu zahoti o‘z tanish-bilishlari orqali bolani sotib olishi mumkin bo‘lgan xaridorlarni izlashga tushgan.
“Oradan bir yarim oy o‘tib ‘xaridorlar’ topilgan – politsiyaning tezkor-qidiruv bo‘limi xodimlari o‘zlarini xaridor qilib ko‘rsatishgan”», – deyiladi “Volga Media” xabarida.
Xabar berishlaricha, o‘zbekistonlik ayol 2014-yilning 6-may kuni chaqaloqni xaridorga topshirayotgan va buning uchun 35 ming rubl olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
O‘zbekistonlik ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, Volgograd viloyati prokuraturasi tergov materiallari ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Izoh (0)