Ukrainaning “Beshinchi kanal”i efiri 4-iyul, juma kuni bomba haqidagi anonim xabar bilan to‘xtatildi. Telekanal xodimlari shoshilinch ravishda evakuatsiya qilindi, voqea joyi esa sapyorlar, kinologlar va tezkor tergov guruhi tomonidan tekshirila boshladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Trevoga yolg‘on bo‘lib chiqdi, biroz vaqtdan so‘ng efir qayta tiklandi.
“Beshinchi kanal” Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga tegishli bo‘lib, tahririyat xodimlarining fikricha, mina haqidagi xabar o‘ziga xos ogohlantirish bo‘lgan. Gap shundaki, “Beshinchi kanal” Ukraina sharqida aksilterrorchilik operatsiyalarida ishtirok etayotgan “Donbass”batalyoniga avtomobil bergan. Shu kunning ertasiga bomba haqida anonim xabar kelib tushgan.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Andrey Parubiy bunda rossiyaparst ayirmachilar qo‘li borligini aytmoqda. “Ular bu bilan Ukrainani beqaror davlat qilib ko‘rsatmoqchi”, — dedi u.
Izoh (0)