News of the World nashri sobiq muharriri va Buyuk Britaniya bosh vaziri yordamchisi Endi Koulson 18 oylik qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Agence France-Presse xabar berdi.
U gazetada ishlayotgan vaqtida siyosatchilar ovozli pochtalarini tinglash maqsadida jinoyatkorona til biriktirganlikda ayblandi. U bilan birga gazetaning boshqa sobiq xodimlari ham turli muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
News of the World gazetasi Birlashgan Qirollikdagi taniqli siyosatchilar, qirollik oilasi a’zolari, biznesmenlar, musiqachilar va boshqalarning ovozli pochtalarini noqonuniy ravishda tinglab kelgani 2011-yilda oshkor bo‘lgan edi. Maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun muharrirlar politsiya xodimlariga pora bergan, xususiy detektivlar yollagan.
Izoh (0)