30-iyun, dushanba kuni Qohiraning Geliopolis tumanida joylashgan prezidentga qarashli “Al-Ittihadiya” saroyi atrofida qo‘lbola bomba portladi.
“Al-Ahram” gazetasi sayti ma’lumot berishicha, saroy atrofida 2 portlovchi moslama borligi aniqlangan. Ulardan biri sapyorlar tomonidan xavfsizlantirilgan. Ikkinchisi esa xavfsizlantirish vaqtida portlagan. Voqea natijasida bir kishi halok bo‘lgan va uch kishi jarohatlangan.
Prezident qarorgohi joylashgan tuman harbiylar tomonidan o‘rab olingan.
Izoh (0)