Yapon dengizi akvatoriyasidagi qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalar sinovini KXDR harbiy mashg‘ulotlar doirasida o‘tkazgan. Bu haqda Yaponiya nashri KXDR tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “ITAR-TASS”.
Ma’lum bo‘lishicha, odatiy harbiy o‘quv mashqlari o‘tkazilgan. Ballistik raketalar parvozining Yaponiya va KXDR o‘rtasida 1—2-iyul kunlari hukumatlararo konsultatsiyalar o‘tkazilishiga “hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi” xabar qilingan.Avvalroq Yaponiya mudofaa vazirligi KXDR sharqiy qirg‘oqlaridagi Vonsan shahridan kichik radiusli ikkita raketa otilganini ma’lum qilgan edi. Taxminlarga ko‘ra, ular Scud turidagi raketalar bo‘lib, 500—600 kilometr masofaga ucha oladi. Yaponiya hukumati raketalarning Yapon dengiziga, biroq Yaponiya hududiy suvlaridan tashqariga tushganini, hech qanday ziyon kuzatilmaganini aytgan. Shunday bo‘lsa-da, Tokio o‘z diplomatik kanallari orqali KXDRga hodisa yuzasidan norozilik yo‘llagan.
Izoh (0)