BMT bosh kotibi Pan Gi Munga Keniyada olti oylik arslonni sovg‘a qilishdi. Bosh kotib u yerga BMTning atrof-muhit bo‘yicha assambleyasi yopilishiga tashrif buyurgan edi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
U yirtqichni “Tumaini” — “Umid” deb atadi va “barcha odamlar tabiat bilan hamnafas yashashiga umid” bildirdi. Sher Keniya poytaxti Nayrobidagi qo‘riqxonada saqlanmoqda.
Bu BMT bosh kotibiga taqdim etilgan uchinchi jonzotdir. 2009-yilda Mo‘g‘uliston hukumati unga “Tinchlik” laqabiga ega noyob ot sovg‘a qilgan bo‘lsa, o‘tgan yili Janubiy Sudan prezidentidan “Pan Gi Mu” laqabiga ega oq buqani hadya sifatida olgan.
Izoh (0)