Lens Benson — Svett shahri egasi shaharni barcha qulayliklar — bar, 3ta tirkama, do‘kon, uy va 2,5 gektar maydondagi adir bilan birgalikda sotishga qaror qildi. 1940-yillarda 40 kishi yashagan ushbu shaharchada bugungi kunda rasman 2 kishi — Lens Benson va uning ayoli istiqomat qilmoqda. Bu haqda Rapid City Journal xabar beradi.
Hozirda Koloradoda istiqomat qilayotgan Gerry Runnels haligacha o‘zi katta bo‘lgan ushbu shaharcha bariga tez-tez kelib turadi. “Hozir bu yer oila a’zolari bilan dam oladigan joyga aylangan”, — deydi Gerry Rannelsning 27 yoshli jiyani Rey Rannels. Shaharchaga tashrif buyuruvchilar Svett sotilish-sotilmasligidan qat’iy nazar u o‘zining qiyofasini yo‘qotmasligiga umid qilmoqda.
Izoh (0)