Italiyaning Sitsiliya shahrida deyarli bir asr avval amalga oshirilgan jinoyat fosh etildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Politsiyachilarning mahalliy “koza nostra” mafiyasiga qarshi keng ko‘lamdagi operatsiyasi doirasida jinoyatchining iziga tushishga muvaffaq bo‘lishdi. Mafiya faoliyatiga aloqador 95 kishi qo‘lga olingan bo‘lib, ularning orasida mahalliy mafiya oilalarining ko‘zga ko‘ringan a‘zolari bor.
Qo‘lga olinganlardan biri telefon orqali so‘zlashuvi chog‘ida, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashgan mashhur politsiyachi Jo Petrozino qotilining ismini aytib o‘tgan. U 1909-yili Palermo shahrida otib o‘ldirilgan. Uning o‘limida mahalliy mafiyaning “cho‘qintirgan otasi” gumon ostiga olingan, biroq ayblovlar qo‘yilmagan edi.
Petrozino nomi bilan Nyu-Yorkdagi bog‘larning biri atalgan bulib, u haqda filmlar suratga olingan va kitoblar chop etilgan. Hibsga olingan mafiya a‘zolarini jinoyatchilik, noqonuniy moliya operatsiyalari va pul undirish kabi jinoyatlarda ayblashmoqda. Politsiya bergan ma‘lumotlarga ko‘ra, ular mahalliy tadbirkorlarga boj solib, o‘z “panohlari” uchun har oyda umumiy daromadning 3 foizini talab etishgan.
Izoh (0)