Isroil Mudofaa armiyasining jangovar samolyotlari qo‘shni Suriya hududidagi qator nishonlarga hujum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Golan tepaliklaridagi talash hududda joylashgan Suriya harbiylari hujumga uchradi. Nashrning ta’kidlashicha, aviahujum Suriya bilan chegarada fuqaro avtomobili portlaganiga javoban uyushtirildi. Portlash natijasida isroillik o‘spirin halok bo‘lgan, yana uch kishi yaralangan edi.
Keyinroq Isroil Ozodlik armiyasi aviahujumlar to‘g‘risidagi xabarni tasdiqladi va hujumlar Suriyaning to‘qqizta harbiy obyektlariga, jumladan qo‘mondonlik punktlariga uyushtirilganini aniqlashtirdi.
Golan tepaliklaridagi portlashni harbiylar rejalashtirilgan aksiya deb atamoqda. “U so‘nggi bir necha oy ichida Suriya hududidan turib uyushtirilgan hujumlarning eng jiddiysi bo‘ldi”, — deyishdi harbiylar.
Portlash hukumat kuchlari yoki Golan tepaliklarining Suriyaga tegishli qismida nazoratni qo‘lga kiritish uchun kurashib kelayotgan muxolifat jangarilari tomonidan uyushtirilgani hozircha noma’lum.
Izoh (0)