Misr jinoyat sudi 180 dan oshiq ekstremistlarning o‘limga hukm qilinganini tasdiqladi. Ular orasida “Musulmon birodarlari” yetakchisi Muhammad Badia ham bor. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Yana to‘rt kishi butun umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi, bir kishi 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, 496 kishi esa oqlandi.
Eslatib o‘tamiz, “Musulmon birodarlari” harakati ko‘magida hokimiyat tepasiga kelgan prezident Muhammad Mursiy, uning siyosatiga qarshi aksiyalardan so‘ng 2013-yilning iyul oyi boshida Misr harbiylari tomonidan amalidan olib tashlangan edi. Mursiy va “Musulmon birodarlari” a’zolari esa qamoqqa olingan edi. Mursiyning tarafdorlari uning hokimiyatga qaytarilishini talab qila boshladi.
14-avgustda sobiq prezident tarafdorlari lagerlarining harbiylar tomonidan tarqatib yuborilishi chog‘ida bir necha yuz kishi halok bo‘lgan va mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan edi. Sentabr oxirida esa Misrda “Musulmon birodarlari” harakati faoliyati rasman taqiqlandi. 25-dekabr kuni esa Misr vazirlar mahkamasi “Musulmon birodarlari”ni rasman terroristik tashkilot deb e’lon qildi.
Izoh (0)