Ukraina armiyasi va Milliy gvardiyaga kelib qo‘shilayotgan ko‘ngillilarni jamoat jam bo‘lib kiyintirishmoqda va qurollantirishmoqda. Minglab yoshlar Ukraina sharqidagi, Kiyev aksilterrorchilik deb atayotgan harbiy operatsiyalarda ishtirok etishga qaror qilishdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
“Maydon axborot markazi” xayriya tashkiloti rahbari Roman Xaninning aytishicha, bu yerdagi omborxonaga kishilar gumanitar yordam keltirib berishadi. Ularning barchasi esa Lugansk ostonalariga yuboriladi.
Avvallari majburiy formali kiyim-kechakka zirhli jilet kiritilmagani uchun, endilikda ularning yetishmovchiligi kuzatilmoqda. “Uch yuz askarga taxminan yuzta zirhli jilet to‘g‘ri keladi”, — dedi Xanin.
Afsuski, mamlakat sharqidagi vaziyatdan xavotirga tushgan aholi o‘z himoyachilarini jilet bilan ta’minlay olmaydi, deyiladi xabarda. Biroq ular qo‘llaridan kelgancha qabul punktlariga mahsulotlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va oyoq kiyimlari keltirib berishmoqda.
Izoh (0)