Oleg Malisning Solvers kompaniyasi “Moskva-Siti” tadbirkorlik majmuasini qurmoqda. Biznesmen Alisher Usmonov uning sherigi ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Vedomosti” gazetasi xabar berdi.
Malisning o‘zi aytishicha, Usmonov tuzilmalari “Moskva-Siti”ning developerlik loyihalaridan biriga kredit ajratgan. Solvers’ning moliyaviy sheriklaridan yana biri Usmonov nazorati ostidagi USM Advisors kompaniyasi bosh direktori Ivan Streshinskiy ekani aytilmoqda.
Usmonov developerlik biznesiga birinchi marotaba sarmoya kiritayotgani yo‘q. 2011-yilda u “Orujeyniy” biznes-markazining eng yirik egadoshiga aylangan. O‘tgan yilning so‘ngida esa u “Ximki grupp” developerlik kompaniyasi aksiyalarining 50 foizini sotib oldi.
Izoh (0)