AQSh prezidenti Barak Obama Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Ukrainaga nisbatan tutgan siyosati tufayli Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritish ehtimolini muhokama qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
AQSh prezidenti ma’muriyatidagilar xabar berishicha, ular Rossiya Ukraina sharqidagi vaziyatni yaxshilash uchun muayyan chora-tadbirlar ko‘rmasa, AQSh va Yevroittifoq Moskvaga nisbatan qo‘shimcha choralar ko‘rishiga to‘g‘ri keladi. Ikki mamlakat yetakchilari Kreml o‘z qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketib, isyonchilarni qurolsizlanishga ko‘ndirishi kerakligini ham ta’kidlashdi.
Izoh (0)