KXDRning keng hududlari davomli qurg‘oqchilikdan azob chekmoqda, u 2001-yildan buyon eng kuchli qurg‘oqchilikka aylanishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bahordan buyon mamlakatda juda issiq ob-havo kuzatilmoqda, KXDR poytaxti Pxenyan va boshqa g‘arbiy hududlarda esa yillik yog‘ingarchilik darajasi ancha tushib ketgani qayd etilgan.
Mutaxassislar KXDR keng hududlaridagi qurg‘oqchilik mamlakatdagi shundoq ham xarob bo‘lgan oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyatni yanada yomonlashtirishidan xavfsiramoqda. Qurg‘oqchilik ayniqsa bug‘doy va makkajo‘xori ekinlariga ziyon yetkazishi mumkin.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR aholisi iste’mol qilayotgan oziq-ovqatning kunlik miqdori 420 grammni tashkil qilmoqda, me’yorda esa 600 gramm bo‘lishi kerak.
Izoh (0)