Turkiya konstitutsiyaviy sudi YouTube’ning yopib qo‘yilganini noqonuniy deb e’lon qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi. Sudda aytilishicha, videoxostingga tashrifni cheklash fuqarolarning o‘z fikrini ifoda etish huquqini buzadi.
YouTube’ni mamlakatda bloklab qo‘yishga bosh vazir Rajab Tayyib Erdo‘g‘on tashabbuskorlik qilgan. YouTube rahbariyati esa Konstitutsiyaviy sudda mazkur cheklov bo‘yicha tortishishishga qaror qildi.
Turkiya hukumati 27-mart kuni YouTube videoxostingiga kirishni bloklab qo‘ydi. Bir necha kundan keyin Anqaradagi sud internetning mahalliy segmentidan ommabop YouTube videoservisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni bloklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shu yo‘l bilan Turkiya Telekommunikatsiyalar va aloqa boshqarmasining YouTube’ga kirishni bloklash to‘g‘risidagi qarori uzil-kesil qonuniylashtirildi.
Sudning bunday qaror chiqarishiga sabab – YouTube rahbariyati videoservisdan Turkiya Tashqi ishlar vazirligi binosida mart oyining boshida bo‘lib o‘tgan maxfiy yig‘ilishdan olingan yozuvni o‘chirib tashlamaganligidir. Yig‘ilishda hukumat a’zolari va qurolli kuchlar vakillari Suriyadagi vaziyat yuzasidan suhbat olib borganlar.
Izoh (0)