Xitoy AQSh elektron josusligining asosiy nishonidir, bunday josuslik xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzib, inson huquqlariga jiddiy zarar yetkazmoqda. Bu haqda Xitoy Media tadqiqotlar markazi o‘z hisobotida ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.
“O‘zining siyosiy, iqtisodiy va harbiy-texnik sohalardagi gegemonligidan foydalanib, ASQh “vijdonsizlarcha” boshqa mamlakatlar, shu jumldan o‘z ittifoqdoshlari ustidan josuslik olib bormoqda”, — deyiladi hujjatda.
Tadqiqotlar AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga ham asoslandi. Xitoyning turli davlat xizmatlari tomonidan bir necha oylar davomida o‘tkazilgan izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, nafaqat Xitoy hukumati, mamlakatdagi kompaniyalar va tadqiqot institulari, balki qator internet va smartfon foydalanuvchilari ham yashirin kuzatuv ostida bo‘lgan.
Izoh (0)