Ukraina Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotidan chiqib ketish jarayonini boshlamoqda. Bu haqda Ukraina Oliy Radasidagi brifingda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Andrey Parubiy ma’lum qildi, deya xabar berdi Ukrinform.ua.
Parubiyning ta’kidlashicha, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashida nafaqat MDHda raislikni tugatish, balki MDHdan chiqish jarayonini boshlash haqida qaror qabul qilindi.
Bundan tashqari, Ukraina hududida ukrain armiyasi va Ukraina xavfsizligiga kafil ittifoqdosh davlatlar hamkorligida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ham qaror qabul qilindi. “Kafil ittifoqdosh davlatlarga tegishli murojaatlar tayyorlab qo‘yildi”, — deya qo‘shimcha qildi Parubiy.
Izoh (0)