Koreyaning Toshkentdagi Inha universitetiga 7-maydan onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Abituriyentlar ushbu OTM saytidagi elektron anketani to‘ldirishlari mumkin. Bu haqda “Anons” nashri xabar berdi.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyent ism-sharifi, tug‘ilgan sanasi, fotosurati, IELTS sertifikati, o‘zi bitirgan o‘quv muassasasi nomi va manzili kabi ma’lumotlarni kiritadi.
Bundan tashqari, kamida 500 so‘zdan iborat avtobiografiya, ushbu yo‘nalishni tanlashidan maqsad va sabablar haqida 800 so‘zdan iborat insho, shuningdek o‘z iste’dod va ishtiyoqlari to‘g‘risida 700 so‘zli ma’lumotni taqdim etishi lozim.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish 7-maydan 20-iyungacha davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan abituriyentlar Toshkentdagi Inha universiteti qabul komissiyasiga 6—20-iyun kunlari o‘z hujjatlarini topshirishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)