5-may kuni Toshkent temir yo‘l vokzali yaqinida Mercedes Benz avtobusi yonib ketdi. Bu haqda uz24.uz xabar berdi.
Qo‘yliq-2 — Boshliq yo‘nalishida qatnovchi 12-raqamli avtobus harakat vaqtida tutay boshlagan. Keyinroq uning orqa qismi yona boshlagan.
Barcha yo‘lovchilar shoshilinch ravishda evakuatsiya qilingan. Voqea joyiga zudlik bilan o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan va yong‘inni bartaraf qilgan.
Avtobus tegishli bo‘lgan avtoparkdagilarning nashrga ma’lum qilishicha, hech kimga ziyon yetmagan. Ayni paytda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)