Toshkent hayvonot bog‘iga ayirboshlash bitimi bo‘yicha Himolay ayiqlari va pumalar, Nil timsohlari va gamadrillar (maymunning bir turi) keltiriladi. Bu haqda hayvonot bog‘i ilmiy-ma’rifiy bo‘limi xodimi Feruza Mirsolihova “Anons.uz” nashriga ma’lum qildi.
Uning aytishicha, qish bo‘yi bog‘dagi hayvonlar son ko‘paygan. Kaliningrad va Novosibirskdan Aleks va Xelga nomli sherlar keltirilgan. Qushlar safi esa besh turdagi tukanlar, yashil qanotli ara, muqaddas maynalar, qizil lorilar, mandarinka o‘rdaklar va karolinkalar bilan kengaygan. Bir necha turdagi toshbaqalar ham paydo bo‘lgan.
Bundan tashqari, hayvonot bog‘ida Adam, Yeva va Pati ismli yangi sherchalar dunyoga kelgan. Lama, antilopa, o‘rkachli qo‘ylar, shalpangquloq echkilar, xameleonlar ham farzandli bo‘lishgan. Kenguru esa albinos bola tuqqan.
Izoh (0)