Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Toshkentdonmahsulotlari” ochiq aksiyadorlik jamiyatida “Texnogen xarakterga ega favqulodda vaziyatlarda fuqarolik mudofaasini shakllantirish xatti-harakatlari” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi. Bu haqda FVV matbuot markazi xabar berdi.
O‘quv mashg‘uloti paytida favqulodda vaziyatlarda kommunal xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, rahbariyat va ishchi xodimlarga favqulodda vaziyat haqida xabar yetkazish masalalari sinovdan o‘tkazildi. Shundan keyin shartli ravishda jabrlanganlarni evakuatsiya qilish va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotida jami 115 kishi ishtirok etib, yettita maxsus texnikadan foydalanildi.
Izoh (0)