• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda alimentdan qarzdor ota shifer ortiga yashiringan holda topildi (video)

    Andijon viloyatida alimentdan qarzdor ota shifer ortidan topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

    Unga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor B.D.dan undiruvchi G.M. foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lab borishi belgilangan. Biroq byuro xodimlari tomonidan ogohlantirishlarga qaramasdan, qarzdor farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan va aliment qarzdorligi 26 mln so‘mga yetgan.

    Qarzdorlikni undirish maqsadida bir necha marotaba qarzdorning yashash manziliga borilganda u yerdan topilmagani sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Byuroning viloyat boshqarmasi qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro o‘z hovlisining qurilishi tugallanmagan hududida shifer ortiga yashiringan holatda topildi.

    Hozirda qarzdorga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Alimentdan qochgan otalar haqida

    Namangan viloyati Chortoq tumanida aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak uy yerto‘lasidan topilgandi. Qarzdor ota tomonidan qarzdorlik 20 million so‘mdan ortgan. Ishlash maqsadida Toshkent shahriga ketgach, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Xodimlar tomonidan Toshkentdagi xonadon yashash joylari puxta ko‘zdan kechirilganda, yerto‘laga yashirinib olgani aniqlangan. Unga nisbatan 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Foto: MIB axborot xizmati

    Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida aliment to‘lamay qochib yurgan erkak Toshkentdagi molxonadan topilgan. Voyaga yetmagan farzandlari uchun to‘lanmagan aliment miqdori 3 million 200 ming so‘m ekani aytilgan.

    Foto: MIB axborot xizmati

    Shuningdek, Namangan viloyati Chust tumanida aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak Ohangarondan topilgan. O‘tkazilgan suhbat mobaynida qarzdorlik salkam 15 million so‘mga yetgani, uni bartaraf etish lozimligi tushuntirilgan. Qayd etilishicha, u yana mas’uliyatni his etmagan va unga nisbatan jinoyat ishi yuritilgan. 

    Andijon viloyati Shahrixon tumanida esa aliment to‘lashdan qochib, uyining yerto‘lasida yashirinib yurgan erkak ushlanib, 15 sutkaga qamalgan. 

    Eng antiqa holatlardan biri, Namangan viloyatida aliment to‘lamay yurgan erkak boshqa xotinining uyida yashiringani aniqlangan. Unda qarzdorlik to‘planib, 24,3 million so‘mga borib yetgan edi. 

    Foto: MIB

    Shu kabi, Qashqadaryoda MIB xodimi 2 yildan beri qidiruvda bo‘lgan qarzdor erkakni berkinayotgan joyida topib olgan. Tadbir jarayonida xodimlardan biri uyning boloxonasi va tomini tekshirayotgan paytda, ikkinchi xodim yiqitilgan ko‘rpalar tagidan fuqaroni olib chiqdi. 

    Shu kunning o‘zida qarzdor mavjud 28 million 971 ming so‘m aliment qarzdorligini to‘lamagani sababli Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudi tomonidan B.Buxarovga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Foto: MIB

    Surxondaryo viloyati Angor tumanida aliment to‘lamay, 2 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak uy yerto‘lasidan topilgan. 

    Foto: MIB

    Toshkentda uchta xotiniga aliment to‘lamagan erkakning qarzini 4-xotini to‘lagani haqidagi holat ham kuzatilgan. Shundan so‘ng sud tomonidan qarzdorga nisbatan to‘plangan hujjatlar qayta ko‘rilib, yetkazilgan zarar miqdori qoplangani sababli 15 sutkalik qamoq jazosini to‘liq o‘tamasdan ozod qilingan.

    Foto: MIB
    27 mart, 17:50   Izoh (0)   4956
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #alimentdan#qarzdor

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada ota aliment o‘rniga savdo do‘konini berdi

    30.11.2022, 17:29

    Qashqadaryoda alimentdan qarzi bo‘lgan 14 nafar ota 15 sutkaga qamaldi 

    09.02.2023, 22:00

    Andijonda o‘z farzandlarini moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlagan er 10 oyga ozodlikdan mahrum etildi 

    06.04.2023, 16:59

    Namanganda alimentdan qarzdor bo‘lgan va xorijga chiqib ketgan 56 kishiga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi

    29.04.2023, 13:00

    Farg‘onada ajrashayotgan oila MIB aralashuvi sabab yarashib oldi

    07.12.2023, 19:28

    Qashqadaryolik ota farzandlaridan 15 ming dollar aliment undirdi

    30.01.2024, 16:43

    Farg‘onada alimentdan qochib yurgan erkak Toshkentdagi uy qudug‘idan topildi 

    23.04.2024, 14:01

    Farg‘onada aliment to‘lamay yurgan erkak boshqa xotinining uyidan mast holda topildi 

    24.04.2024, 16:35

    Xorazmda ota alimentdan qarzi bo‘lmasa ham bolalariga uy sovg‘a qildi 

    18.05.2024, 23:00

    Samarqandda aliment to‘lamagani uchun qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkentdan topildi

    25.05.2024, 17:07

    Toshkent viloyatida ayolning ikki eri alimentdan qarzdorlik sabab bir kunda qamaldi 

    30.05.2024, 21:00

    Jizzaxda aliment to‘lamagan ota 15 sutkaga qamaldi 

    31.05.2024, 20:10

    “Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalashtirilishi zarur” — Alisher Qodirov

    19.06.2024, 14:01

    “Erkaklarning, otalarning jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishimiz kerak” — Alisher Qodirov bilan suhbat

    20.06.2024, 16:28

    Andijonda uzoq yillardan beri aliment to‘lamay, qochib yurgan erkak ijaradagi uyidan topildi 

    22.06.2024, 22:40

    Farg‘onada 11 yildan buyon aliment to‘lamagan ota tungi klubdan topildi 

    24.06.2024, 19:25

    Qo‘qonda ota alimentdan qarzi bo‘lmasa ham, ikki farzandi uchun Spark berdi 

    28.06.2024, 18:45

    Sirdaryolik ayol sobiq eri aliment to‘lamayotgani uchun bolalar ombudsmanidan yordam so‘radi  

    03.08.2024, 20:31

    Andijonda alimentdan qarzi bor otaning 41 qop sementi xatlab qo‘yildi

    29.08.2024, 17:25
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Polsha Rossiyani savdo markazini yoqib yuborganlikda aybladi

    Dunyo | 12 may, 08:38

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.