Samarqand viloyatida aliment to‘lamagani uchun qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkentdan topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Unga ko‘ra, byuroning Jomboy tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudining 2023-yil 6-iyundagi ijro varaqasiga asosan qarzdor ayol U.M.dan undiruvchi M.E. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Anchadan buyon aliment to‘lamagan fuqaroning qarzi 5,2 million so‘mdan oshib ketgan, buning ustiga u noma’lum hududlarda yashab kelgan. Shu bois, boshqarmaning qidiruv bo‘limi unga nisbatan qidiruv harakatlari olib borgan.
Tezkor qidiruv tadbirlari davomida, qarzdor ayol U.M. Toshkent shahrida ekani aniqlangan va majburiyatlari tushuntirilib Samarqandga olib kelingan.
Alimentdan bo‘lgan 5,2 million so‘m qarzdorlik bolalarning otasiga undirib berildi.
Izoh (0)