Majburiy ijro byurosining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatida ota aliment pullari o‘rniga savdo do‘konini sovg‘a qildi.
Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2018-yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor I.Maqsudovdan undiruvchi D.Mahsudova foydasiga 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 2021-yilda kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahri bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida qarzdor ota o‘z farzandlari oldidagi majburiyatini to‘g‘ri tushunib, bolalarining ta’minoti uchun o‘z ixtiyori bilan voyaga yetmagan farzandlariga Farg‘ona shahri “Nodirabegim” MFYda joylashgan savdo do‘koni undiruvchi bilan kelishgan holda J.Nosirovaning nomiga o‘tkazib berildi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)