QIDIRUV NATIJALARI: 87016

Belgiyada terakt tayyorlashda gumon qilingan uch nafar Checheniston fuqarosi qo‘lga olindi Bir kun avval Belgiyaning La Libre nashri terrorchilik guruhiga aloqadorlikda va terakt tayyorlashda gumon qilinib, yetti kishi qo‘lga olinganini xabar qilgandi “Viloyati Xuroson” guruhi nomidan terrorchilik uyushtirishda gumon qilingan uch nafar Checheniston fuqarosi hibsga olindi, deya xabar bermoqda AFP Belgiya federal prokuraturasiga tayanib. “Viloyati Xuroson guruhi safida “terrorchilik” faoliyatida gumon ...
Politico: G20 davlatlari milliarderlar uchun global soliq bo‘yicha kelisha olmadi Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2700 nafar milliarderdan undirilgan minimal daromad solig‘i yiliga taxminan 250 milliard dollarni tashkil etishi mumkin G20 moliya vazirlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda milliarderlarga global soliq joriy etish bo‘yicha kelisha olmadi. Bu haqda e’lon qilinmagan kommyunike loyihasiga tayanib, Politico nashri xabar berdi . Foto: AFP Shu bilan birga, ular dunyoning eng boy odamlari uchun ...
Apple birinchi marta Xitoy smartfonlar bozorida kuchli beshlikdan chiqib ketdi Apple o‘tgan chorakda Xitoyda bor-yo‘g‘i 9,7 mln dona smartfon sotdi Xitoyda smartfon yetkazib berish ikkinchi chorakda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga oshib, 70 million donadan oshdi. Canalys tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra , Amerikaning Apple kompaniyasi birinchi marta smartfonlar yetkazib beruvchi eng yaxshi 5 ta kompaniya safini tark etdi. Tarixda birinchi marta Xitoyning eng yirik smartfon yetkazib ...
Eronda ayollar huquqlari faoli o‘lim jazosiga hukm qilindi Ayol inson huquqlari tashkilotiga xat yo‘llab, ko‘plab qiynoqlar va ta’qiblarga uchraganini aytgan Eron Islom inqilobiy sudi kurd jurnalisti va siyosiy faol Paxshan Aziziyni o‘limga hukm qildi, deya Hengaw inson huquqlari tashkiloti xabar berdi . Foto: anfdeutsch.com Ayol “isyon qilganlikda” va “hukumatga qarshi qurolli qo‘zg‘olon ko‘targan guruhlarga a’zolik”da aybdor deb topilgan. Shuningdek, u “Kurdiston erkin hayot partiyasi”da qatnashgani ...
Miyasiga Neuralink chipi o‘rnatilgan ilk bemor “mashina”ga fikr kuchi bilan yozishni o‘rgatmoqda Tajriba ishtirokchisining so‘zlariga ko‘ra, “bu faqat boshlanishi” Miyasiga Neuralink chipi o‘rnatilgan dunyodagi birinchi bemor amerikalik Nolan Arbo “yozish” dasturga o‘rgatayotganini aytdi . Foto: Mask et al / Neuralink Kecha biz “barmoq yozuvi”ni amalga oshirdik. Imo-ishora tiliga o‘xshaydigan dasturda men alifboni jestlar tilida yozaman, algoritm uni o‘rganadi, deydi tajriba ishtirokchisi. U, shuningdek, ...
FQB suiqasd ishi bo‘yicha Donald Trampni ham so‘roq qilmoqchi Avvalroq FQB direktori Kristofer Rey Trampning qulog‘iga teggan narsa o‘qmi yoki telesuflyor bo‘lagimi, aniq bilmasligini aytib o‘tgandi Federal qidiruv byurosi (FQB) AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni hayotiga suiqasd bo‘yicha tergov doirasida uning o‘zini ham so‘roq qilmoqchi. Bu haqda CNN telekompaniyasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, bu tergovning standart qismidir, chunki Tramp jinoyatchining nishoni ...
YI Rossiya aktivlaridan ilk 1,5 mlrd yevro daromad ajratmoqda Kreml pullaridan Ukraina va butun Yevropani yashash uchun xavfsiz joyga aylantirishda foydalanish eng munosib qarordir, deyiladi YI bayonotida 26-iyul kuni Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan dastlabki 1,5 milliard yevro daromadni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yubormoqda. Bu haqda Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen X tarmog‘ida ma’lum qildi . Foto: visegradinsight.eu YI Ukraina bilan birga. Bugun ...
Fransiyada mina xavfi tufayli aeroport evakuatsiya qilindi Avvalroq uchta tezyurar temiryo‘l liniyasida yong‘inlar yuzaga kelgan va oqibatda yuz minglab yo‘lovchi bekatlarda qolib ketgandi Fransiyaning Yevroaeroport nomi bilan tanilgan Bazel—Molyuz—Frayburg aeroporti minalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan vaqtincha yopildi. Le Monde’ning aeroport matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, xavfsizlik nuqtayi nazaridan yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. Sapyorlar zudlik bilan ...
HAMAS Isroilning G‘azo bo‘yicha yangi shartlariga rozi bo‘lmadi HAMAS vakiliga ko‘ra, harakat “Falastin xalqi manfaatlariga xizmat qiladigan” barcha takliflar uchun ochiq Falastinning HAMAS harakati Isroilning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi shartlariga rozi emasligini aytdi. Bu haqda harakatning Livandagi vakili Valid al-Kiloniy “RIA Novosti”ga ma’lum qildi . Foto: AP Photo Biz uch hafta oldin vositachilarga topshirilgan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifga hamon sodiq qolamiz, ...
`