• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    Rus armiyasining keng ko‘lami bosqinidan so‘ng Ukraina o‘z ittifoqchilaridan misli ko‘rilmagan miqdorda yordam ola boshladi. G‘arb davlatlari Kiyevni qurol-yarog‘, moliyaviy grantlar va boshqa imtiyozlar orqali qo‘llab-quvvatladi. Gap umumiy raqamlar haqida ketganda Yevropa Ittifoqining ulushi kattaroq bo‘lsa-da, Qo‘shma Shtatlarning yordami harbiy-texnik aratkerga egaligi bilan ajralib turadi.

    Bayden maʼmuriyati bosqinga qarshi kurashayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun o‘nlab harbiy yordam paketi ajratdi. AQSH Kongressi ularni moliyalash uchun jami beshta qonun loyihasini ovozga qo‘ydi. Ularning eng so‘nggisi Qo‘shma Shtatlar qonunchilari tomonidan 2024-yil aprel oyida tasdiqlandi. Beshala qonunning umumiy qiymati 175 milliard dollarni tashkil etadi. Ular Ukraina uchun qurol-yarog‘ sotib olish, davlat va nodavlat institutlarini moliyalashtirish, qochqinlarga yordam ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarga sarflandi.

    Ochiq manbalar asosida tayyorlandi
     
    Ochiq manbalar asosida tayyorlandi

    2024-yil so‘ngida Oq uy AQSH byudjetidan mablag‘laridan tashqari, yana bir moliyaviy manba ajratdi. Kiyevga 20 milliard dollarlik kredit taqdim etildi. Biroq u Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan qaytariladi.

    Kiel Jahon iqtisodiyoti institutiga ko‘ra, yuqorida tilga olingan 175 milliard dollarning barchasi ham Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib tushmagan. Qurol-yarog‘ xaridi, gumanitar maqsadlar uchun 128 milliard dollar sarflangan. Qolgan mablag‘lar esa qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash, urushga oid amaliyotlarni moliyalashtirish hamda mintaqa davlatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan.

    Vashington Ukrainani keng spektordagi qurol-yarog‘lar bilan taʼminlagan. Ular orasida o‘qotar qurollar uchun patronlardan tortib, Patriot kabi qimmatbaho mudofaa tizimlari ham mavjud.

    Foto: Daryo
     
    Foto: “Daryo”

    Ukraina armiyasi AQSH qurollaridan 1200 kilometrga cho‘zilgan frontning har bir uchastkasida, hatto jabha ortida foydalanadi. Shu bois Oq uyning harbiy yordamni to‘xtatish qarori ukrainaliklar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Boisi na mahalliy korxonalar, na YI AQSH ulushini kompensatsiya qila olmaydi. Qolaversa, amerikaliklarning baʼzi qurollariga o‘rinbosar mavjud emas.

    Politico nashri Pentagon Ukrainaga mana shunday qurol-yarog‘larning bir qismini yetkazib berishni to‘xtatgani, boisi Vashington o‘z zaxiralari kamayib borayotganidan tashvishlanishi haqida yozdi. Ro‘yxatda Patriot zenit raketa tizimi uchun PAC-3 raketalari, HIMARS uchun GMLRS raketalari, AIM oilasiga mansub havo-havo raketalari hamda 155 mm kalibrli artilleriya snaryadlari kabilar bor.

    Yuqorida sanalganlardan eng qimmatlisi PAC-3 raketalari bo‘lib, ularning yo‘qligi qolganlardan tezroq bilinadi. Boisi ukrainaliklar ulardan rus ballistik raketalarini tutib olishda foydalanadi. Hozir Kiyev ixtiyorida har biri 4-5 mln dollar turadigan mazkur raketalarga muqobil yo‘q.

    Foto:
    Foto: PAC-3 raketalarini ishga tushirish uchun start qurilmasi (launcher)
    Foto: Breaking Defence

    Gap shundaki, Ukraina yirik shaharlar, xususan poytaxt Kiyev osmonini himoyalash uchun asosan Patriot tizimlariga suyanadi. Sababi ularda ballistik trayektoriya bo‘ylab parvoz qiladigan raketalarga qarshi boshqa vosita yo‘q. Sovetlardan qolgan S-300 tizimlari esa allaqachon safdan chiqarilgan yoxud raketalari tugagan. Germaniyaning IRIS-T, Fransiya va Italiyaning SAMP/T tizimlari esa yuqori samara ko‘rsatmaydi. Shu bois PAC-3 raketalari taʼminotining to‘xtatilishi tinch aholidan qurbonlar sonini keskin oshiradi.

    HIMARS tizimi 2022-yilning o‘zidayoq jang maydonidagi vaziyatni keskin o‘zgartirdi. Yuqori aniqlikda zarba beruvchi qurol sharofati bilan ukrainaliklar rus armiyasining qo‘mondonlik shtablari, o‘q-dori omborlari, o‘quv lagerlari va boshqa qimmatbaho nishonlariga zarar yetkazdi. Natijada rossiyaliklar o‘z taktikasini o‘zgartirib, logistika zanjirlarini yoyishga va markazlashuvdan qochishga majbur bo‘ldi. HIMARS, ayniqsa, artilleriya duellarida yuqori natija ko‘rsatadi.

    Ukrainaliklar mazkur tizimning asosan 80 km uzoqlikdagi nishonlarga zarba bera oladigan GMLRS raketalarini qo‘llaydi. Ularning har biri 150-200 ming dollar bo‘lib, 90 kg og‘irlikdagi jangovar kallak tashiydi. Yuqori mobillikka egaligi bois mazkur tizimni aniqlash oson emas. Ukraina keng ko‘lamli urush boshidan buyon yetkazib berilgan 40 ta tizimning atigi to‘rttasini yo‘qotgani buni tasdiqlaydi.

    Ukraina askarlari HIMARS tizimidan zarba bermoqda
    Ukraina askarlari HIMARS tizimidan zarba bermoqda
    Foto: Military Times

    Biroq GMLRS raketalarisiz frontda HIMARS tizimlaridan foydalanish to‘xtaydi. Bu esa ukrainaliklarni qimmatbaho nishonlarga qarshi yuqori aniqlikdagi quroldan mahrum qiladi. 

    Rossiya quroli kuchlari o‘zining aviatsiya borasidagi ustunligidan foydalana olmayotganiga sabablardan biri Stinger kabi ko‘chma havo mudofaa tizimlaridir. Ixcham tizimlarni piyoda askar yelkasiga ortib yurishi mumkin. Ular dron, qanotli raketa, vertolyot hamda Su-25 kabi past balandlikda uchuvchi nishonlarni zararsizlantira oladi. Ukraina armiyasi hozirda ulardan asosan Shahedʼlarni ovlashda foydalanadi. Yaʼni ularning yo‘qligi nafaqat jabhada, balki front ortida ham o‘z so‘zini aytadi.

    Rus armiyasi Shahed dronlaridan foydalanishni endi boshlagan vaqti ular past balandlikda sekin parvoz qilar, shu bois ularni hatto pulemyotlar bilan urib tushirish imkoni bor edi. Biroq turbovintli dvigatelni reaktiv dvigatelga almashtirish sharofati bilan ular balandroq va tezroq parvoz qila boshladi. Bu esa dronlarni quruqlikdan turib og‘ir pulemyotlar va zenit qurollari yordami bilan urib tushiradigan “Shahed ovchilari” ishini murakkablashtirdi.

    Ukraina qo‘mondonligi shu bois ularni tutib olish uchun F-16 qiruvchilaridan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi. Niderlandiya, Belgiya kabi davlatlarda yetkazib berilgan qiruvchilar bu uchun AIM-7 Sparrow raketalarini qo‘llar edi. Qo‘shma Shtatlar taʼminotni to‘xtatsa, Shahed dronlari yetkazadigan talafot ko‘lami yanada ortadi.

    Ukraina harbiy havo kuchlarining F-16 qiruvchisi
    Ukraina harbiy havo kuchlarining F-16 qiruvchisi
     

    Ukrainadagi mojaro dronlar urushi bo‘lgani bilan, artilleriya favqulodda muhim ro‘l o‘ynaydi. Har ikki tomon yanada uzoqroq va aniqroq zarba beradigan zambaraklar ustida muttasil ishlamoqda.

    Ukraina armiyasi postsovet makonida keng tarqalgan 152 mm kalibrli tizimlardan astalik bilan voz kechib, o‘z eʼtiborini NATO standartlariga qaratmoqda. Mahalliy ishlab chiqarilgan Bohdana o‘ziyurar gaubitsasi bunga misol bo‘la oladi. U yuk mashinasi shassisiga asoslangan ilg‘or tizim hisoblanadi.

    Biroq snaryadlar taqchilligi har ikki tomon, jumladan ukrainaliklarga jiddiy muammo tug‘dirmoqda. Rossiya o‘z ehtiyojlarini Shimoliy Koreyaning misli ko‘rilmagan zaxiralari hisobiga qondirmoqda. Ukraina esa bu borada ittifoqchilariga qaram. Mahalliy sanoat yetari miqdorda snaryad bilan taʼminlay olmaydi.

    Ukrainada ishlab chiqarilgan Bohdana o‘ziyurar gaubitsasi
    Ukrainada ishlab chiqarilgan Bohdana o‘ziyurar gaubitsasi
    Foto: Pravda.ua.com

    Biroq intensiv urush Sovuq urush davridan buyon minimal darajada ushlab turilgan zaxiralarni ancha toliqtirdi. G‘arb o‘z omborlari bo‘shab qolishidan xavotirlanib, Ukrainaga kerak bo‘lganidan kamroq snaryad yubormoqda. Yangi ishlab chiqarish quvvatlari esa hali to‘la izga tushib olgani yo‘q.

    Lekin 155 mm kalibrli snaryadlar Yevropa AQSHning o‘rnini bosa oladigan sanoqli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Boisi ularni ishlab chiqarish havo mudofaa raketalaridan ko‘ra ancha sodda va arzon texnologik jarayon hisoblanadi. Biroq PAC-3 va GLMRS raketalarining yagona yetkazib beruvchisi Qo‘shma Shtatlar ekanini unutmaslik lozim.

    AQSH yordamining to‘xtashi front qulab, Rossiya poytaxt Kiyevni bosib olishini anglatmaydi. Ukraina yevropalik hamkorlari, qolaversa ichki imkoniyatlari hisobiga kurashni davom ettiradi. Snaryadlar taqchilligini FVP-dronlar bilan kompensatsiya qiladi. Biroq Qo‘shma Shtatlardek qudratli ittifoqchining o‘yindan chiqishi uzoq muddatda o‘z taʼsirini o‘tkazmay qolmaydi. Ukraina armiyasi va jamiyatida Vashingtonga ishonch, shu bilan birga jangovar ruhiyat tushadi. Rus armiyasining quruqlikdagi yutuqlari yanada kengayadi. Eng achinarlisi, askarlar va tinch aholidan qurbonlar oshadi.

    Rus ballistik raketasi keli tushishi natijasida vayron bo‘lgan ko‘p qavatli bino. Dnipro, Ukraina
    Rus ballistik raketasi keli tushishi natijasida vayron bo‘lgan ko‘p qavatli bino. Dnipro, Ukraina
    Foto: War.ukraine.ua

    Biroq Vashington Ukrainaga yordamni to‘xtatgani haqida bir-biriga zid xabarlar tarqalmoqda. Oq uy rahbari Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish davom etishini, biroq Qo‘shma Shtatlar “avval o‘zida yetarlicha zaxira bo‘lishiga ishonch hosil qilishi kerakligi”ni taʼkidladi.

    4 iyul, 19:55   Izoh (0)   630
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#Ukraina#Rossiya
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30

    Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 4-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:00

    Amerikaliklarning qariyb 40 foizi Maskning yangi partiya tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 4 iyul, 22:40

    Maosh kuniga 75 yevro: o‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga chaqirilmoqda

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:25

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:11

    Superliga. “So‘g‘diyona” Jizzaxda “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

    Sport | 4 iyul, 22:09

    AQSHda 400 yilga nohaq hukm qilingan shaxsga qariyb 2 mln dollar tovon to‘landi

    Dunyo | 4 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.