Buxoro viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Buxoro viloyatida fuqaro O.G‘. fuqaro M.Sh.dan 330 ming rublni 51,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Chimboy tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.B. va B.A. fuqaro M.X.ga 4 ming dollarni 50,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Shu bilan birga, Amudaryo tumanida fuqaro H.E. fuqaro M.X.dan 3 600 dollarni 44,850 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qo‘lga olinayotgan “valyutchik”lar
Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangan edi. Shuningdek, Andijon viloyatining Baliqchi hamda Oltinko‘l, Buxoro viloyatining Peshku tumanida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangan.
Shu bilan birga, Samarqand viloyatining Ishtixon hamda Oqdaryo tumanlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olingan.
Bundan tashqari, Samarqand viloyatining ikki tumani, shuningdek, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangan.
Izoh (0)