• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Surxondaryo

    Surxondaryoda 13,5 tonna supurgi orasiga giyohvand vositasini yashirib olib kirishga urinish fosh etildi

    Surxondaryoda supurgilar dastagiga yashirilgan 612 kilo gashish giyohvandlik vositasini olib kirishga urinish Bojxona qo‘mitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda fosh qilindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 9-fevral kuni Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Ayritom” chegara bojxona posti orqali respublikamiz hududidan tranzit tarzida o‘tish uchun kirib kelgan yuk avtotransport vositasini belgilangan texnologik sxema asosida bojxona va chegara nazoratidan o‘tkazish jarayonida mazkur avtotransport vositasiga ortilgan 13,5 tonna og‘irlikdagi supurgi xodimlarning diqqatini tortdi.

    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

    Shundan so‘ng mazkur avtotransport vositasi “Ayritom” chegara bojxona postiga tutash hududdagi “Termiz” tashqi iqtisodiy foaliyat bojxona posti tasarrufidagi bojxona omboriga keltirilib, undagi tovarlar to‘liq bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda 180 ta qopda 22 ming 500 dona xo‘jalik supurgilari ortilgani aniqlangan.

    Mazkur supurgilarni sinchiklab ko‘zdan kechirish davomida, 2986 dona supurgilarning dastaklari orasiga aynan supurgi rangiga mos ravishda — sariq rangdagi skotch bilan o‘ralgan o‘rtacha 25 santimetr uzunlikdagi poliyetilen o‘ramlar mohirlik bilan yashirilgani fosh bo‘ldi.

    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

    Ushbu o‘ramlar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, ularning ichiga o‘rtacha 200 gr og‘irlikdagi, o‘tkir hidli, to‘q jigarrangli giyohvandlik vositasi ekani ma’lum bo‘ldi.

    Mazkur holatda 2986 dona supurgi dastaklaridan ajratib olingan o‘ramlardagi modda dastlabki tezkor analiz natijalariga ko‘ra “gashish” giyohvandlik vositasi bo‘lib, ularning umumiy og‘irligi 612 kilogrammni tashkil qilmoqda.

    Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

    Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur giyohvandlik vositasining qora bozorlardagi narxi taxminan 16,5 million dollardan oshadi.

    Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    O‘zbekistonda to‘xatib qolingan yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari 

    1992−1994-yillarda qo‘mitaning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan qariyb 15,5 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolingan. 1992-yil 8-oktabrda mayiz ortilgan konteyner ichida 13 tonnadan ortiq gashish yashirilgani aniqlangan. Ushbu giyohvandlik vositalarining qora bozordagi narxi o‘sha vaqtlarda 1,3 milliard dollarni tashkil qilgan. 

    1993-yil 16-fevralida esa yong‘oq ortilgan 2 ta temiryo‘l konteynerda 1167 kilogramm gashish yashirilgani fosh qilingan. Shu yili Surxondaryoda avtorefrijeratorning tom qismiga yashirilgan 1,2 tonna geroinning olib o‘tilishining oldi olingan.

    O‘zbekistonda so‘nggi besh yilda narkologik hisobga olingan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan giyohvandlik vositalari isteʼmolchilari 60 foizga ko‘paygan.

    10 fevral, 11:52   Izoh (0)   8380
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #giyohvandlik vositalari#Bojxona qo‘mitasi#DXX

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Afg‘onistondan 30 yil oldin Termizga olib kirilgan 13 tonnadan ortiq narkotik moddalar

    26.01.2022, 14:28

    O‘zbekistonga olib kirilayotgan salkam 230 kg giyohvand moddalar to‘xtatib qolindi (video)

    15.02.2022, 14:58

    DXX hududlarda giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi (video)

    19.03.2022, 14:41

    Surxondaryoda kartoshka ichiga yashirib olib o‘tilayotgan 154 kg gashish to‘xtatib qolindi

    28.03.2022, 16:10

    Surxondaryoda 20 kg opiyni 140 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

    03.06.2022, 23:35

    O‘zbekistonning turli hududlarida bojxonachilar tomonidan chek qo‘yilgan giyohvand moddalari aylanmasi haqida ma’lumot berildi

    15.07.2022, 07:52

    Toshkent viloyatida qariyb 2 kg gashishni bojxonadan olib o‘tishga uringan tojikistonlik ona-bola ushlandi

    28.04.2023, 14:07

    Toshkentda 2 tonna giyohvandlik vositalari maxsus pechlarda yoqib yuborildi

    26.06.2023, 20:10

    O‘zbekiston budjetiga yil boshidan buyon 25,5 trln so‘m miqdorda bojxona to‘lovlari undirildi

    24.07.2023, 20:00

    Xitoydan O‘zbekistonga jo‘natilgan pochtada 75 kilodan ortiq giyohvand modda aniqlandi

    03.08.2023, 20:05

    Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tgan mashina gaz balloni ichidan 55 kg giyohvand moddalari topildi

    23.08.2023, 13:40

    Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini tovuqlar ostiga yashirgan shaxs qo‘lga olindi

    23.08.2023, 15:20

    DXX Toshkentda yashirin laboratoriya tashkil etib, psixotrop moddalarni tayyorlash bilan shug‘ullangan olti kishini ushladi (video)

    16.10.2023, 14:42

    O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

    17.10.2023, 12:20

    O‘zbekiston bojxonachilari yil davomida 9,2 tonna giyohvandlik vositalarini ushlab qoldi — bu o‘tgan yilga nisbatan 12 barobar ko‘p

    26.12.2023, 14:33

    Toshkentdagi xonadonlarning birida yashirin narkolaboratoriya aniqlandi (video)

    12.01.2024, 12:13

    2024-yilning 9 oyi mobaynida bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani ma’lum qilindi

    22.10.2024, 09:25

    O‘zbekistonda 2024-yilda bojxonachilar to‘xtatib qolgan giyohvand moddalar 1 tonnadan oshdi

    25.12.2024, 16:26

    Surxondaryoda 112 mln so‘mlik marixuana sotayotgan shaxslar ushlandi

    9 yanvar, 17:20

    Tojikistondan O‘zbekistonga giyohvandlik vositasi olib kirgan shaxslar 16 yilga qamaldi

    15 yanvar, 21:25

    Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi (video)

    24 yanvar, 22:15

    O‘zbekistonning uchta viloyatida qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kg narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

    29 yanvar, 18:00

    O‘zbekistonda giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali realizatsiya qilish tartibi belgilandi

    30 yanvar, 14:54

    Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 15 kg gashish bilan qo‘lga olindi (video)

    31 yanvar, 17:14

    O‘zbekistonda to‘rt kunda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil 418 nafar shaxs aniqlandi

    31 yanvar, 21:00

    Samarqand va Toshkent viloyatida jami 111 kg narkotik modda musodara qilindi (video)

    31 yanvar, 22:09

    O‘zbekistonda ikki kunda 112 kilodan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

    5 fevral, 17:21

    Prezidentning Malayziyaga tashrifi, geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olingan Samarqand noni, elektromobillar uchun oshirilgan utilizatsiya yig‘imi: 5-fevra...

    5 fevral, 23:14

    “Terminator”. O‘limga hukm qilingan Bahodir Sultonov oliy jazodan qanday qutulib qolgandi?

    7 fevral, 14:38

    O‘zbekiston DXX hamda IIV tuzilmalari tungi klublar va boshqa jamoat joylarida reyd o‘tkazdi

    9 fevral, 12:23
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.