• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning turli hududlarida bojxonachilar tomonidan chek qo‘yilgan giyohvand moddalari aylanmasi haqida ma’lumot berildi

    Respublika bojxonachilari giyohvandlik vositalarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi aylanmasiga chek qo‘yishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam davom ettirmoqda.

    Foto: Bojxona qo‘mitasi

    Foto: Bojxona qo‘mitasi

    Amaldagi qonunchilikka binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib giyohvandlik vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish kontrabanda hisoblanadi.

    Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati yaqin kunlarda hududlarda aniqlangan giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq holatlarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tadi.

    Namangan

    Namangan viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs ketayotgan Cobalt avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

    Natijada avtomashina salonidagi oldingi yo‘lovchi o‘rindig‘i ostida mato o‘rami borligi aniqlandi. Ushbu o‘ram ochib ko‘rilganida esa uning ichida ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 968,23 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik moddasi bor ekan. Shubhalar tasdig‘ini topib, ushbu giyohvandlik vositasi kuzatuvga olingan shaxsga tegishli bo‘lib chiqdi.

    Viloyat bojxonachilarining davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan Pop tumanida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida esa oldindan kuzatuvga olingan Nexia-3 avtomashinasini boshqarib ketayotgan shaxs to‘xtatilib, xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

    Natijada uning cho‘ntagidagi 1 dona o‘ramda ekspertlar xulosasiga ko‘ra, 49,08 gramm og‘irlikda gashish borligi fosh bo‘ldi.

    Bojxonachilar va DXX xodimlarining Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbiri davomida avvaldan kuzatuvga olingan 2 nafar shaxslar 2 kilogramm 296,54 gramm gashishni shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

    Sirdaryo

    Navbatdagi holatlar Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan fosh qilingan.

    “Xovosobod” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosiga tegishli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, avtomashina lyukining orasiga 1 dona o‘ramda 0,6 gramm gashish yashirib qo‘yilganligi fosh bo‘ldi.

    Sirdaryo chegara bojxona postida esa Nexia 2 rusumli yengil avtotransport vositasida kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi mashinaning haydovchi eshigi ichiga, dori qutisida 2,77 gramm ko‘knori boshoqlari va somonini yashirib qo‘ygani aniqlandi.

    Farg‘ona

    Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolardan biri boshqaruvidagi Spark avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

    Natijada avtomashinadagi yo‘lovchiga tegishli bo‘lgan paketda xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan qiymati 112 million so‘mlik 1120 dona “Regapen 300 mg” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

    Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy ravishda saqlanayotgan 24,85 gramm gashish giyohvandlik vositasini aniqlashdi.

    Buxoro

    Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalarining Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro xalqaro aeroporti yonida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida fuqarolardan biri 9 dona gugurt qutisiga joylangan giyohvandlik vositalarini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

    Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, gugurt qutilariga joylangan modda 42,42 gramm og‘irlikdagi marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

    Xorazm

    Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari, DXX va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolardan biri 536,2 gramm opiyni 50 million so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

    Bojxona xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Xiva shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda shubha ostiga olingan fuqarolardan birining xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

    Natijada, xonadon tomorqasida 3 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi parvarishlanayotganligi fosh bo‘ldi. Shuningdek, hovlidagi yordamchi bino ichida 2 dona 1 litrlik bankalarga 32,2 gramm marixuana joylab qo‘yilganligi ham aniqlandi.

    Statistika

    2022-yil 6 oyi davomida respublikamiz bojxonachilari tomonidan aniqlangan 189 ta huquqbuzarlik holatlarida 581 kilogramm giyohvandlik vositalarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi aylanmasiga chek qo‘yilgan.

    O‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilsa, ushlab qolingan giyohvandlik vositalari miqdori salkam 4,3 barobarga ko‘paygan. Ya’ni 2021-yilning dastlabki yarim yilligida bojxona xodimlari 240 ta holatda 136 kilogramm giyohvandlik vositalarini to‘xtatib qolishgan edi.

    2022-yilning birinchi yarim yilligida ushlab qolingan narkotik moddalar 2021-yilda to‘liq yil davomida ushlab qolingan giyohvandlik vositalari hajmidan oshib ketdi. 2021-yilda bojxona xodimlari 432 ta huquqbuzarlik holatlarida jami 541 kilogramm giyohvandlik vositalarining noqonuniy realizatsiyasiga chek qo‘yishgan.

    15.07.2022, 07:52   Izoh (0)   23955
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda “Hizb ut-tahrir” a’zosi ozodlikdan mahrum qilindi

    15.07.2022, 07:31

    Silk Way kompaniyasi Navoiyga birinchi reysni amalga oshirdi

    15.07.2022, 07:10

    O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalari uchun ham elektr energiyasi va gaz narxi vaqtincha oshmaydigan bo‘ldi

    15.07.2022, 00:16

    Marg‘ilondagi neftni qayta ishlash xususiy sexida yong‘in sodir bo‘ldi

    14.07.2022, 23:43

    Namangan xalqaro aeroportiga ilk bor Boeing 747-200F samolyoti qo‘ndi (foto va video)

    14.07.2022, 22:57

    Shahrisabz hokimi uni g‘alla o‘g‘riligida ayblagan fermerga kameralar qarshisida savol-javob qilishni taklif qildi. Fermer buni rad etgan

    14.07.2022, 22:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.