• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Pul Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda “davlat ishi”dagilarga aprelning ikkinchi yarmi uchun qancha maosh to‘langani aytildi

    Byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga byudjet mablag‘lari hisobidan 2025-yil aprel oyining II yarmi ish haqi uchun to‘lab berilgani ma’lum bo‘ldi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko‘ra, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga 2025-yil aprel oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berildi.

    Umumiy hisobda, bu davr uchun jami 6 trillion 859,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, tegishli tashkilotlar xodimlari hisob raqamlariga o‘tkazildi.

    To‘lovlar G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari orqali, byudjet tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan yakuniy hisob-kitoblar asosida amalga oshirildi.

    O‘zbekistonda 2025-yil may oyida pensiya to‘lovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablag‘lar to‘liq moliyalashtirildi. 

    Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning may oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 4,1 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar tijorat banklariga moliyalashtirilib berilgan.

    O‘z navbatida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,5 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 84 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi.

    Ma’lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistonda:

    • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) — 1 155 000 so‘m;
    • bazaviy hisoblash miqdori (BHM) — 375 000 so‘m;
    • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 428 000 so‘m;
    • yoshga doir eng kam pensiya — 834 000 so‘m;
    • nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 920 000 so‘m;
    • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — 920 000 so‘m;
    • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa — 745 000 so‘m;
    • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 745 000 so‘m.

    “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga pensiya olish yoshiga to‘lgan fuqarolarga yoshga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibini belgilashga oid qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan qonun loyihasi 2025-yilning fevralida deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilingandi. Pensiya jamg‘armasiga ko‘ra, fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.

    O‘zbekistonda oxirgi marta 2024-yil sentyabrda pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshirilgan edi. Xususan, yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga 834 ming so‘m etib belgilandi. 

    2025-yil aprel oyida pensiya tayinlash uchun ish stajiga ega bo‘lmagan 7 802 nafar fuqaroga nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berildi. Jumladan:

    • 1 119 nafar fuqaroga — yoshga doir nafaqa;
    • 2 694 nafar fuqaroga — nogironlik nafaqasi;
    • 710 nafar oilaga — boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
    • 2 098 nafar fuqaroga — nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
    • 912 nafar fuqaroga — parvarishlash nafaqasi;
    • 228 nafar fuqaroga — o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam;
    • 41 nafar fuqaroga — uy-joy, kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berildi.

    Ma’lumot uchun: 2025-yil mart oyida 7 479 nafar fuqaroga nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berilgan.

    Mart oyidagi nogironlik nafaqasi haqida

    Jami I va II guruh nogironlik nafaqasi oluvchilar soni 315 057 nafarni tashkil etib, ularga mart oyi uchun jami 303,5 mlrd so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilgan. Shundan:

    • I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilar soni: 38 574 nafar. Nafaqa miqdori esa: 1 027 000 so‘m.
    • II guruh nogironlik nafaqasi oluvchilar: 276 483 nafar. Nafaqa miqdori: 920 000 so‘m.

    Bundan tashqari, I guruh ko‘z bo‘yicha nogironlik nafaqasi bo‘yicha 4 782 nafar shaxs uy-joy kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya oladi. To‘lov miqdori: 192 600 so‘m. Yuqorida keltirilgan uch toifalardagi nafaqa oluvchilarga mart oyida jami 931,8 mln so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.

    18 yoshgacha bolalikdan nogironlik nafaqasi oluvchilar soni 171 380 nafarni tashkil etadi. Miqdori: 920 000 so‘m. Joriy yilning mart oyi uchun 163,6 mlrd so‘m to‘lab berilgan.

    10 may, 18:05   Izoh (1)   3365
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #maosh#ish haqi#pul

    Izoh (1)

    Kirish
    1. azamatsharopov207@gmail.com / 10 may, 21:39

      Ойлик качон кутарасила

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Savdo-sanoat palatasi xodimlariga ikki oydan buyon maosh to‘lanmayotgani aytildi 

    21.02.2024, 17:35

    O‘zbekistonda endi xorijga ketayotgan migrantlarning xarajatlari qisman qoplanadi 

    06.04.2024, 19:50

    Maosh ming yevrodan ortiq: o‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda

    16.04.2024, 15:31

    Maosh 10 mln so‘m: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda 

    23.05.2024, 16:35

    Maosh 2,7 ming dollar: O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

    23.07.2024, 09:23

    Bepul tibbiy xizmat tizimining 3 ta salbiy oqibatlari 

    02.08.2024, 21:20

    Didox Tech operatsion direktori bilan suhbat: “Xodimlarning nomoddiy motivatsiyasi bilan qanday ishlaymiz”

    29.08.2024, 13:30

    O‘zbekistonliklar iPhone 16 Pro sotib olish uchun necha kun ishlashi kerak?

    13.09.2024, 19:15

    Gollivud kinosanoatida ishlaydiganlar qancha maosh oladi? 

    12.11.2024, 20:55

    Rossiyadagi mehnat muhojirlari eng ko‘p qancha maosh oladi? — RF Mehnat vazirligi raqamlarni ochiqladi 

    16.12.2024, 20:24

    O‘zbekiston eng kam oylik maosh to‘lanadigan 154 ta mamlakat orasida 111-o‘rinni egalladi

    8 yanvar, 21:08

    Janubiy Koreyaning eng badavlat aktyorlari (foto)

    14 yanvar, 10:41

    Antarktidada ishlashga oshpaz va elektriklar qidirilmoqda

    24 yanvar, 09:59

    Yoshlarimizni Rossiyaga yubormay, o‘zimizda olib qolishga nima xalaqit beradi?

    24 fevral, 15:43

    Maosh 15 mln so‘m: xorijdagi o‘zbekistonliklar Toshkentga ishga chaqirilmoqda 

    28 fevral, 16:26

    Maosh 1720 dollar. Samsung o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda

    6 mart, 22:10

    Rossiyada qurilish sohasida hindistonliklarga talab ortmoqda

    19 mart, 14:15

    Maosh 2,7 ming dollar: o‘zbekistonlik hamshiralar Qatarga ishga taklif qilinmoqda 

    24 mart, 17:25

    O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflaridan ogohlantirildi 

    12 aprel, 23:45

    Dunyoning eng boy 5 sportchisi: Ronaldo, Messi va boshqalar milliardlarini nimaga sarflaydi?

    8 may, 20:25

    Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    9 may, 11:16

    “Bu yaqin vaqt ichida sodir bo‘ladi” — Lamin Yamal kelajagi borasida bir qarorga keldi

    9 may, 18:05
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.