• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Pul Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda endi xorijga ketayotgan migrantlarning xarajatlari qisman qoplanadi

    O‘zbekistonda endi xorijga ketayotgan migrantlarning xarajatlari qisman qoplanadi, deb xabar bermoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda har yili o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar muassasalarini qariyb 650 ming nafar yosh bitiradi. Ularning chorak qismi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinsa, qolgani mustaqil ravishda, jumladan, xorijdan ish qidira boshlaydi. Ushbu talabni qondirish maqsadida O‘zbekiston iqtisodiyotida yiliga o‘rtacha 300 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilmoqda.

    Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistondan boshqa davlatlarga ish izlab chiqayotgan migrantlarning 43 foizdan ortig‘ini o‘rta ma’lumotli, qariyb 29 foizini tugallanmagan o‘rta ma’lumotlilar tashkil qiladi. Ularning aksariyati xorijda o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini to‘la himoya qila olmaydi.

    Qayd etilishicha, xorijda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan muloqot o‘rnatildi. Ularning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi. Oxirgi ikki yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 70 ming kishi rivojlangan davlatlarga yuborilgan. Lekin ayrim odamlar malaka talab qilmaydigan o‘lkalarga o‘zlari ham mustaqil ravishda ketyapti. Ularning mehnat va yashash sharoitlari, kasbi, daromadi turlicha.

    Bugungi kunda 28 ta davlatning 300 ga yaqin ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan. Hozir 16 ta davlat, shu jumladan, 10 ta iqtisodiy rivojlangan davlat ish beruvchilarida O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish uchun 160 mingta ish o‘rinlari aniqlandi. Birgina Yevropa davlatlari bilan hamkorlikda 100 mingdan ortiq ish o‘rinlariga yurtdoshlarni jalb qilish bo‘yicha 30 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda.

    Misol uchun, Germaniyaning 23 ta ish beruvchi va rekruting agentligi bilan 60 mingga yaqin yurtdoshlar tibbiyot, haydovchilik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri va Ausbildung (dual ta’lim) asosida ishga jalb qilinmoqda. Ularga o‘rtacha 2,1 ming dollar ish haqi taklif qilinyapti.

    Bu yil boshida esa Angliyada elektromexanik, qassoblik va qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga 7,5 ming ish o‘rni aniqlangan edi. Bugungi kunda yana tibbiyot yo‘nalishida 10 mingta ish o‘rniga talabnoma olindi. Litva, Latviya, Polsha, Bolgariya, Finlyandiya va boshqa Yevropa davlatlariga ham 27 mingdan ortiq fuqarolarni yuk mashina haydovchiligi, ishlab chiqarish, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ishga yuborish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilyapti.

    Shuningdek, bu yil ilk marotaba Koreyaga ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasiga 15,5 ming ish o‘ringa kvota olindi. Koreyada oylik ish haqi o‘rtacha 2,5 ming dollarni tashkil qiladi. Kanada qurilish sohasida esa 5 mingta ish o‘rniga buyurtma berdi, soatiga 12 dollardan 30 dollargacha maosh to‘lamoqchi. 2023-yilda 38,4 ming fuqaro xorijda ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 2024- yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 20,9 ming nafarni tashkil etdi. 

    Xorijda taklif etilayotgan ish o‘rinlarining aksariyatiga qisqa muddatda (o‘rtacha 1-12 oy) ishchi kuchi yetkazib berish talab etilmoqda. Shu sababli hozirda ikkita yo‘nalishda ishlar tashkil etilgan. Birinchi yo‘nalish — qisqa muddatda to‘ldirilishi talab etiladigan ish o‘rinlari “Xorijga ish — mahalladan” tamoyilida individual ishlagan holda, ish beruvchilar talabiga mos keladigan kasbiy malaka va chet tilini bilish darajasiga ega nomzodlarni tezkor topish orqali to‘ldiriladi.

    Buning uchun “labor-migration” dasturi “online-mahalla” axborot tizimiga integratsiya qilinib, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar va ish beruvchi talablarini to‘liq aks ettirgan holda, muntazam yangilab borish tizimi joriy qilindi.

    Ikkinchi yo‘nalishda xorijda aniqlangan ish o‘rinlarida ishlash istagida bo‘lgan, lekin kasbiy malaka yoki chet tilni bilmaydigan fuqarolar aniqlanadi va ular o‘qishga jalb qilinib, ish beruvchi talabiga mos ravishda maqsadli tayyorlanadi. Buning uchun 32 ta monomarkaz, 53 ta kasb-hunar o‘qitish va 13 ta qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi, 10 ta xorijiy tashkilot bilan hamkorlikda respublikada 48 ta kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

    Yevropa davlatlarida yuk avtomobili haydovchilar uchun aniqlangan 13 mingga yaqin ish o‘rnini to‘ldirish uchun “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Hozir ming nafarga yaqin fuqarolar ushbu tashkilot kurslarida o‘qitilmoqda. Shunga qaramay xorijda aniqlangan ish o‘rinlariga nomzodlar yetishmayapti. Shu sababli joriy yil 2-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etishda yangicha tizim yaratilishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

    Unga ko‘ra, 27 ta professional ta’lim muassasasida yangi o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Unda xorijda ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar 1 yilgacha muddatda to‘lov-kontrakt asosida tayyorlanadi. Xorijda ishlash istagi bo‘lgan fuqarolarni chet tiliga o‘qitishda xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlik qilinadi.

    Chet elda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz turli muammolarga duch kelib qolgan paytlarda qayerga murojaat qilishni, kimdan yordam olishni bilmasdi. Bunday masalalarni tezkorlik bilan hal qilish uchun elchixonalar va tegishli vazirliklarda 24 soat ishlaydigan Call-markazlar tashkil etildi. Ushbu tizim orqali yurtdoshlar o‘zlarini o‘ylantirayotgan barcha masalalarga tezkorlik bilan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Bundan buyon migrantlarning ishchi viza, yo‘l chiptasi, xorijiy til va kasb bo‘yicha malakani baholatish xarajatlari qisman qoplanadi. Chet tili bo‘yicha xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikat olgan fuqaroga esa til o‘rganish uchun sarflagan xarajatining 50 foizi qoplab beriladi. Endilikda mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan korxonaga har bir xodim uchun bir yil davomida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan oyiga 500 ming so‘m subsidiya beriladigan bo‘ldi. Ushbu tadbirlarga bu yil uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

    06.04.2024, 19:50   Izoh (0)   14824
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryolik 100 nafar yoshlar Germaniyaga ishga yuboriladi 

    19.03.2024, 19:55

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga mehmonxona va haydovchilik sohalarida ishga yuboriladi 

    29.03.2024, 17:25

    Maosh 1,8 ming yevro. O‘zbekistonliklar Vengriyaga ishga taklif qilinmoqda 

    02.04.2024, 18:19

    O‘zbekistonliklar Rossiyaning Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi federatsiyasiga ishga yuborilishi mumkin 

    05.04.2024, 17:20

    Toshkentda ikki mashina ishtirokida avariya sodir bo‘ldi 

    06.04.2024, 19:30

    Samarqandda maktabda kamchiliklar yuzasidan topshiriqlar berilayotganda “zamdirektor” hushidan ketib qoldi 

    06.04.2024, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.