• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga aʼzo bo‘lish choralari ko‘rilmoqda. O‘tgan davrda ko‘p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.

    Jumladan, Ishchi guruhining to‘rtta muhim yig‘ilishi o‘tkazilib, 500 dan ortiq masalalar ko‘tarildi, 30 dan ziyod rasmiy hujjatlar JST Kotibiyatiga taqdim etildi. Aʼzolikni jadallashtirish maqsadida sohalarda tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

    Shu bilan birga, ikki tomonlama muzokaralar doirasida 33 ta mamlakat bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralar olib borilib, bugungi kunga qadar 24 tasi bilan muzokaralar yakunlandi.

    JST aʼzolari bilan muloqotda yangi yondashuv va islohotlar natijalari ijobiy baholanmoqda. Bu o‘z navbatida O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonida ochiqlik, shaffoflik va adolatli savdoga bo‘lgan qatʼiy intilishini tasdiqlaydi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu maʼnoda milliy qonunchilikni tashkilot talablariga uyg‘unlashtirish doirasida keng ko‘lamli huquqiy va institutsional islohotlar amalga oshirildi. Xususan, 13 ta qonun, prezidentning 10 ta farmon va qarori, 19 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari va 10 ta idoralararo normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

    Jumladan, bojxona tartibotlari, eksport-import qoidalari hamda intellektual mulk sohasidagi mexanizmlar bosqichma-bosqich JST standartlariga moslashtirildi, davlat ulushi mavjud bo‘lgan 6 ta korxonada eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.

    Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini jadallashtirish hamda uni sifatli va tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

    Unga ko‘ra, 2025-yilda qolgan 9 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash, Ishchi guruhining 2 ta yig‘ilishini o‘tkazish hamda Ishchi guruhning hisobot loyihasini yakunlash orqali O‘zbekistonning JST doirasidagi majburiyatlarini to‘liq shakllantirish vazifalari aniq belgilab berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, qonunchilikni tashkilot talablariga moslashtirish doirasida 15 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayonini jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi. Jumladan, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”, “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida" yangi tahrirdagi qonunlarni qabul qilishni tezlashtirish hamda bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan yaqindan va samarali hamkorlikni taʼminlash prezident tomonidan muhim vazifa sifatida belgilab berildi.

    Texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya sohalarini isloh qilish, ushbu yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish kerakligi alohida qayd etib o‘tildi.

    O‘zbekistoning JSTga a’zo bo‘lish harakatlari

    Foto: Flickr

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh 1998-yilda tashkil etilgandi. Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marta uchrashdi va 2005-yillarning o‘rtalariga kelib bu borada xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar to‘xtab qolgandi. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 2020-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishi bilan rasman qayta tiklandi. Shundan so‘ng 2022-yil iyun, 2023-yil mart va 2023-yil noyabr oylarida yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    2023-yil sentyabrida Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Unda JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. Ngozi Okonjo-Iveala JST kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan hamda mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirgandi.

    2024-yil fevralida O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi.

    O‘zbekiston nima uchun JSTga aʼzo bo‘lishi kerak?

    “Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishdan oladigan eng birinchi manfaatimiz—iqtisodiyotda korxonalar uchun teng sharoit yaratilishidir. Bu o‘z navbatida raqobat muhiti yaxshilanishiga olib keladi va bu ikkinchi muhim jihat — raqobat muhiti yaratilishiga olib keladi. Raqobatsiz rivojlanish qiyin. Tez rivojlangan davlatlar tajribasiga qaralsa, ularda iqtisodiy o‘sishning asosiy manbalaridan biri raqobat muhiti bo‘lgan. Uchinchidan, sifatli investitsiyalar keladi. Bu iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun muhim omil”, degan edi Aziz Urunov tashkilotga a’zolik haqida “Daryo”ga bergan intervyusida. 

    Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston ushbu tashkilotga qo‘shilish orqali oladigan to‘rtinchi eng muhim foyda — savdo munosabatlarida JST aʼzolari bilan bir tilda gaplashish bo‘ladi. Mamlakat tashqi bozorga ochiladi. Bu O‘zbekistonning nafaqat ichki bozori, balki tashqi bozorlarni ham tadbirkorlarga ochilishiga yordam beradi. Global ishlab chiqarish zanjiriga kirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

    “JSTga a’zolik va davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning yakuniy maqsadi, shubhasiz, xalqimiz farovonligini ta’minlash, unga munosib ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazishdir”, degan edi Saida Mirziyoyeva.

    O‘zbekiston 2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lmoqchi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov ekanligini ta’kidlagandi.

    14 may, 20:00   Izoh (0)   1713
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#JST

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    13.11.2024, 18:22

    Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi

    13.11.2024, 18:59

    “Yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish loyihasiga start berilishi, O‘zbekiston hududlarida yog‘gan qor, birjada boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatilgan Ai-...

    13.11.2024, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi 

    17.11.2024, 20:10

    Qonunchilik palatasi huzurida jamoaviy tashabbuslar bo‘yicha parlament komissiyasi tashkil etilishi mumkin

    18.11.2024, 14:13

    Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonidagi keyingi qadamlarni muhokama qildi

    22.11.2024, 21:44

    O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

    29.11.2024, 16:45

    Bosh murabbiyi o‘zgargan “Paxtakor”, sherigini o‘ldirib, 15 yilga qamalgan yuk tashuvchi erkak, prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangan Abdusalom Aziz...

    04.12.2024, 22:55

    Tadbirkorlar bilan muloqot qilgan prezident, xizmat xonasida qimor o‘ynagan maktab direktori, is gazidan vafot etgan bir oilaning uch aʼzosi: 20-dekabrning eng muh...

    20.12.2024, 23:43

    Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidan ko‘zlangan yakuniy maqsadni aytdi

    27 yanvar, 12:30

    “Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni JSTga olib kirmoqda” — Azizbek O‘runov

    20 fevral, 13:12

    Sammitda nutq so‘zlagan prezident, avtohalokatda ikkiga bo‘linib ketgan Damas, pul o‘tkazmalari ustidan kuchaytiriladigan nazorat: 4-aprelning eng muhim xabarlari

    4 aprel, 23:26

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    8 may, 23:20

    Shavkat Mirziyoyev Moskvada bir qator davlatlar rahbarlari bilan norasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi

    9 may, 13:15

    Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi (foto)

    9 may, 15:57

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    10 may, 23:10

    Abdulla Aripov Eron prezidenti qabulida bo‘ldi. Nimalar muhokama qilindi?

    12 may, 20:15

    O‘zbekistonda “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

    13 may, 11:26

    Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

    13 may, 12:16

    XDP fraksiyasi — parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilindi

    13 may, 18:00

    Rossiyada qarovsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

    13 may, 17:45

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

    13 may, 19:18

    Shavkat Mirziyoyev “Gazprom neft” kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    13 may, 20:08

    O‘zbekistonda yo‘llarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha yana to‘rtta loyiha boshlanadi

    13 may, 21:31

    O‘zbekistonda zilzilaga va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi

    13 may, 22:06

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    13 may, 23:10

    O‘zbekistonda korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi

    14 may, 09:31

    Dunyoning eng qashshoq prezidenti 89 yoshida vafot etdi 

    14 may, 09:23

    “Pokiston urush istamaydi, lekin suverenitetini himoya qiladi” — Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi 

    14 may, 13:51

    Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun qamashni bekor qildi

    14 may, 15:35

    Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

    14 may, 16:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.