• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    XDP fraksiyasi — parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilindi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun bo‘lib o‘tgan navbatdagi yalpi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi, deb e’lon qildi. 

    Majlis avvalida so‘z olgan Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov XDP fraksiyasining bugun bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan qarorni yalpi majlis kun tartibiga kiritish taklifini bildirdi.

    Dastlab, parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Qonun loyihasi yuzasidan Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi a’zosi Narimon Umarovning ma’ruzasi eshitildi.

    Moddama-modda ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda qabul qilinib, Senatga yuborish to‘g‘risida qaror qilindi.

    Shundan so‘ng, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining o‘zini parlamentdagi muxolifat, deb e’lon qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov fraksiyaning bu haqdagi rasmiy bayonotini o‘qib eshittirdi.

    U parlamentdagi ko‘pchilik – “Taraqqiyot bloki”ga nisbatan fikrini bildirib, fraksiya mazkur blokning tuzilishiga e’tiroz bildirmagan holda, uning ustuvor vazifalari, shuningdek, hukumat dasturi va faoliyatining ayrim yo‘nalishlariga qo‘shila olmasligini ma’lum qildi.

    Shuningdek, ayni vaqtda uchinchi o‘qishda qabul qilingan so‘l partiyalar, sosial-demokratiya g‘oyalari tarafdorlari bilan birgalikda tashabbus qilingan parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonun, o‘zini parlamentdagi muxolifat, deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi uchun kengaytirilayotgan huquq va imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishni kafolatlashini qayd etdi.

    “Partiyamiz elektorati ovozini parlament va hukumatga yetkazish, ularning manfaatlarini samarali himoya qilish, mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishni davom ettirish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi, deb e’lon qiladi”, — dedi, XDP fraksiyasi rahbari U.Inoyatov.

     

    Shuningdek, parlamentdagi muxolifat fraksiyasi sifatida amalga oshirilishi muhim deb hisoblangan bir qator vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.

    Xususan: 

    – qonun loyihalari va parlament muhokamasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z saylovoldi dasturi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qat’iy siyosiy pozisiyani bildirib borish;
    – hukumat va parlamentdagi ko‘pchilikning taklif hamda tashabbuslarini tanqidiy ko‘rib borish, ular yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirib borish; 
    – hukumat va parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan parlamentga kiritilgan qonun loyihalari bo‘yicha zarur deb ko‘rilgan holda muqobil qonun loyihalarini ishlab chiqish va kiritib borish;
    – iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha hukumat harakat dasturi ijrosini tanqidiy baholash va o‘z nuqtai nazarini bildirish;
    – parlament nazorati vositalaridan samarali foydalanish, shu jumladan qabul qilingan qonunlarning huqumat tomonidan so‘zsiz ijro etilishi, qonun loyihalarini parlamentga o‘z vaqtida va sifatli kiritilishi, qonunlar ijrosi uchun zarur bo‘lgan qonun osti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishini ta’minlash ustidan ta’sirchan nazorat olib borish.

    Shu o‘rinda, parlamentda muxolifat nima uchun kerak, degan savol bo‘lishi tabiiy.

    Muxolifat — qabul qilinayotgan qarorlarni tanqidiy ko‘rib chiqish orqali to‘g‘ri yo‘l tanlashga ko‘maklashadi, shu orqali qarorlar yanada xalqchil, asoslangan va adolatli bo‘lishi ta’minlanadi. Muxolifat odatda nazoratchi rolini bajarib, hokimiyatga kelgan kuchlarni sergak, uyg‘oq bo‘lishlarini ta’minlaydi.
    Shuningdek, muxolifat aholi va saylovchilarini qiynayotgan muammolarni ko‘tarib chiqib, parlamentdagi ko‘pchilik e’tiborini ushbu masalalarga qaratadi, ularni hal qilish uchun ko‘proq e’tibor qaratishni talab qiladi. 

    Umuman olganda, muxolifat fuqarolarning fikr bildirishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish usuli hamdir.

    Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko‘p o‘ringa ega ikki fraksiya – Liberal-demokratik partiya va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi birlashib, “Taraqqiyot bloki”ni tuzgan edi.

    Shuningdek, 2024 yilning noyabr oyida Prezident Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytgandi. Shu bilan birga, saylovlardagi sog‘lom raqobat, muxolif fikrlar kurashi parlamentga ko‘chib o‘tsa, bu albatta xalq manfaatlariga mos qonunlar ishlab chiqilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

    13 may, 18:00   Izoh (0)   2758
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada qarovsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

    13 may, 17:45

    O‘zbekiston fuqarolari 2025-yil 1-iyundan Xitoyga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi

    13 may, 17:21

    Navoiyda ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etilgani aniqlandi

    13 may, 17:20

    Chet eldan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklarga 2 yil “zagranpasport” berilmaydi

    13 may, 16:43

    Surxondaryoda voyaga yetmagan bola YPX xodimini sudrab, Cobalt olib qochdi (video)

    13 may, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    13 may, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Muhammad alayhissalom dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentdagi ekspozitsiyadan joy oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:25

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.