Tayvan Milliy universiteti shifoxonasi (NTUH) jarrohlari tarixda ilk bor donor yuragini urishdan to‘xtatmasdan ko‘chirib o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Yurak ko‘chirib o‘tkazish jarayonida kislorodga to‘yingan qonni uzluksiz haydagan. An’anaviy yurak transplantatsiyasi esa sovuqda saqlash usuliga tayanadi. Bunda a’zoga qon oqimi to‘xtaydi, shu sababli hatto bir necha soat kislorodsiz qolgan yurak mushaklariga zarar yetishi mumkin. Bunday holatdagi ko‘chirib o‘tkazishda organizm yurakni rad etishi xavfi mavjud.
Shuningdek, operatsiyadan keyingi asoratlar ham kuzatilishi mumkin. NTUH jarrohlari buning oldini olish uchun organlarni parvarish qilishning maxsus tizimini ishlab chiqqan. U hayotni ta’minlashning portativ apparati sifatida ishlaydi, kislorod bilan to‘yingan qonni donorning yuragiga yetkazib beradi, ya’ni tanaffus va sovuq saqlashsiz.
Bu tizim yurakni tanadan tashqarida nasoslar, oksigenatorlar va rezervuarlardan foydalangan holda ishlatishni ta’minlaydi.
Birinchi operatsiya paytida jamoa donorning yuragini, u hali urib turganida, maxsus qurilmaga ulangan holda operatsiya xonalari orasida ko‘chirdi. Yurak ko‘chirib o‘tkazilgan bemor — dilatatsion kardiomiopatiya bilan og‘rigan 49 yoshli ayol — tezda sog‘ayib ketdi va yurak mushaklari salomatligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblangan yurak fermentlarining juda past darajasini namoyish etdi, deyiladi xabarda.
Stenford universiteti 2023-yilda bunday transplantatsiyaning kashfiyotchisi bo‘lishiga qaramay, ularning usuli organ ko‘chirib o‘tkazish paytida qisqa ishemik davrlarni (10-30 daqiqa) o‘z ichiga olgan edi. Ammo tayvanlik jarrohlarning usulida yurak bir soniya ham urishdan to‘xtamadi.
“Yurak olinishidan oldin ham, olingandan keyin ham urishda davom etdi va hech qachon to‘xtamadi”, deb ta’kidladi NTUH organ transplantatsiyasi jamoasi rahbari Chen Ix-Shurng.
Izoh (0)