• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes Ayollar sahifasi

    Boylar ham yig‘laydi: milliarderlarning xotinlari aslida qanday yashaydi?

    Loro Piana’ning imtiyozli va kashmir pardasi ortida nima yashiringan? Milliarderlarning xotinlari nima uchun ko‘z yosh to‘kadi? Ikki kilogramm ortiqcha vazn uchun sizni qanday qilib ko‘chaga haydab chiqarishlari mumkin? Bu haqda dunyodagi eng boy aholining 1 foizi davrasida uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan ayol hikoya qilib beradi.

    Mashhur amerikalik jurnalist ayol “Do‘stlar va dushmanlar” nomli fosh etuvchi xotiralarini nashr etdi. Bu kitob boylar va muvaffaqiyatli insonlar hayotining parda ortidagi tomonlarini yaqqol ko‘rsatib beradi. Barbara 1992-yil iyulda mediamagnat Konrad Blekka turmushga chiqib, elitalar olamiga kirib borganda, “Bunday hayotga o‘rganolmasam kerak”, deb o‘ylagandi. Biroq hashamat uni allaqachon o‘z domiga tortib ulgurgandi. Nomsiz barmog‘ida 30 karatli brilliant uzuk paydo bo‘lishi bilanoq, dabdabali sayohatlar, xususiy samolyotlar va yaxtalardagi bazmlar boshlanib ketdi. Ammo bunday dabdabaning to‘lovi ham bor edi. Milliarderning rafiqasi sifatida u eri biznes masalalari bilan band paytda davlat rahbarlari va boshqa yuqori martabali shaxslarni kutib olishi va ko‘nglini olishi lozim edi. Jurnalist sifatida u, albatta, qiziqarli suhbatlar olib borishi mumkin edi, biroq tez orada ma’lum bo‘ldiki, investitsiya bankirining xotinidan bundan-da ko‘proq narsa kutishayotgan ekan.

    А это 87-летний авcтрийский миллиардер Ричард Люгнер и его 30-летняя жена Кэти  Шмитц. Ну, это только по любви..... | ВКонтакте

    “Super boylar mamlakatida butun hayotingiz — uylaringiz, mashinalaringizdan tortib yuzingiz, qomatingiz va taqinchoqlaringizgacha — hammaning nazariga tushadi”, deydi Barbara. Milliarderlar haqiqiy hashamatni ko‘tara oladigan oz sonli odamlar guruhi hisoblanadi. Zargarlik buyumlari, gullar, san’at asarlari, sumkalar, uylar, botoks va filler ishlab chiqaruvchilar bundan foydalanadi: ular ataylab mahsulot miqdorini cheklaydi, taqchillik yaratadi va milliarderlarning tovarlar uchun kurashishini kuzatadi.

    Bunday joylarda individuallik ma’qullanmaydi. Hatto eringiz kiygan kiyimingizga qarshi bo‘lmasa ham, u uchun atrofdagilarning fikri muhim. Umuman olganda, milliarderning rafiqasi mukammal ko‘rinishi shart. Hech qanday ajin, sepkil yoki sellyulit bo‘lmasligi kerak. Nyu yorklik 73 yoshli milliarder kichik Charlz Stivenson hatto turmush o‘rtog‘i bilan tuzilgan nikoh shartnomasiga ularning birgalikdagi hayoti davomida ayolning 5 funtdan (taxminan 2,3 kg) ortiq vazn orttirishi taqiqlanganini kiritgan.

    Barbara Amiel Blekning aytishicha, u ko‘pincha eri egalik qilgan polo klublarini targ‘ib qilish bilan bog‘liq biznes safarlarga borgan. Qizig‘i shundaki, bunday tadbirlarda xizmat ko‘rsatish sifati va mezbon sizga qanchalik e’tibor qaratishi Forbes reytingidagi o‘rningizga bog‘liq. Qanchalik past pog‘onada bo‘lsangiz, sizni umuman payqamasliklari ham mumkin.

    Milliarderlarning “manikyurlari bir zumda o‘tkir tirnoqlarga aylanishi mumkin bo‘lgan” xotinlari bilan tanishuv Barbarani hayratga soladi. Birinchidan, ular uni juda sovuq kutib olishadi. Chunki ularning 99 foizidan farqli o‘laroq, Barbara oliy ma’lumotli bo‘lib, erkaklar bilan suhbatlasha olardi, bu esa tahdid sifatida qabul qilinardi. Ikkinchidan, boylar davrasida jurnalistlik kasbi “izquvar it”ga tenglashtirilardi. Bunday odamlarga ishonishmaydi, chunki ular barcha iflos sirlarni oshkor qilishlari mumkin. Bir kuni Barbara ham qo‘liga qalam olishga majbur bo‘ladi — u eri firibgarlikda aybdor deb topilib, qamoq jazosiga va 125 ming dollar jarimaga hukm qilinganida shunday yo‘l tutadi.

    “Milliarderlarning xotinlari davrasida ko‘zimga birinchi tashlangani umidsizlik hissi edi”, deb eslaydi Barbara. “Loro Piana imtiyozlari va kashmir pardasi ortida ularning “ish majburiyatlari” doimo qayta ko‘rib chiqilayotgani va kengayayotganini anglash yashiringan edi. Agar bu majburiyatlarni bajara olmasangiz, sizni chiqitga chiqarib tashlashadi. Bu ayollarning ko‘pchiligi go‘zalligi tufayli milliarderlarga turmushga chiqqan.

    Agar milliarderning rafiqasiga aylanishdan oldin kiyim-kechakni yaxshi bilaman deb o‘ylasangiz, adashasiz. Libosingizning bir qavatiga qancha kashmir ip ketishini, shuningdek, o‘lchovingizga ko‘ra libos yaratish uchun qancha mato kerak bo‘lishini bilishingiz shart. Aks holda, sizga standart miqdordagi qimmatbaho material yetkazib beriladi. Hech kim sizni bu ko‘pligi haqida ogohlantirmaydi.

    Shuningdek, zinapoyalarni zarhallash, devorqog‘ozlarni qo‘lda bo‘yash va interyerning boshqa qismlarining turlari hamda narxlarini farqlay olishingiz kerak. Agar bilmasangiz hatto dizayner oldida ham sizga nafrat bilan qarashadi. “Ha, buyumlar shuncha turadi”, deb sovuqqina javob beradi u, “Sen buni bilishing kerak edi, ahmoq” degan ma’noda.

    Елена Лихач, жена Андрея Скоча, беременна: супруги ждут пятого ребенка |  Tatler Россия

    Faraz qilaylik, uyingizni did bilan bezay oldingiz, biroq sinovlar bu bilan tugamaydi. Milliarder xotinining asosiy vazifalaridan biri o‘z doirasidagi odamlar uchun qabul marosimlari va ziyofatlar uyushtirishdir. Muvaffaqiyatsizlik esa obro‘ga putur yetkazadi. Shu bois mehmonlarni lol qoldirish uchun qattiq harakat qilish lozim. Yana bir muammo shundaki, tadbiringizga kimlar tashrif buyurishini oldindan aytish doim ham mushkul. Boylar RSVP (taklif qilingan shaxsdan javob so‘rovi)ga kamdan-kam hollarda javob berishadi. Demak, faqatgina omadga ishonib, ziyofatga iloji boricha ko‘proq mablag‘ sarflashdan boshqa iloj yo‘q. Boshqacha yo‘l tutib bo‘lmaydi.

    Eng yaxshi ziyofat tashkilotchilari agar ularga milliondan kam pul taklif qilsangiz, barmoqlarini ham qimirlatmaydi. “Badavlat bir do‘stim faqat gullar uchun shuncha pul so‘radi. Undan narxni tushirishni iltimos qilishganda, u boshqa firmaga murojaat qilishni maslahat berdi”, deydi Barbara.

    Ziyofatlar milliarderlar uchun o‘z xotinlari bilan maqtanish imkoniyati hamdir. “Go‘zal ayollarning eksklyuziv yig‘ilishi — erkaklar uchun o‘ziga xos mol bozori kabi, deb hisoblaydi Barbara. — Agar hayotingizda biror narsani o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, bu “mollarni ko‘zdan kechirish” uchun ajoyib imkoniyatdir. Turmushi qanchalik mustahkam va ishonchli ko‘rinmasin, ayol doimo qil ustida turadi”.

    Евгения Милова о светских событиях недели

    Bir kuni Barbara Nyu Yorkdagi zamonaviy plastik jarrohlik klinikasining qabulxonasida yig‘lab o‘tirgan milliarderning 32 yoshli go‘zal xotinini uchratib qoladi. Nima bo‘lgani haqida so‘raganida, dugonalari undan nafratlanishini, chunki u o‘ziga botoks qo‘ydirish va qovurg‘alarini olib tashlashdan bosh tortgani va shu tariqa “ularning yoshini fosh qilgani” uchunligini aytadi. Shuningdek, u erkaklarga shishsirilgan lablar va implant ko‘kraklar yoqishini qo‘shimcha qiladi, chunki bu ayolga qancha vaqt va mablag‘ sarflanganini ko‘rsatar ekan.

    “Hozirda zamonaviy boylar dunyosi Barbara tasvirlaganidan biroz farqlanadi. U boshqa avlodga mansub”, deydi Amerika, Yevropa va Xitoydagi yosh milliarderlar bilan ishlaydigan nyu-yorklik dizayner Sandra Nannerli jurnalist haqida. “O‘sha paytlarda (XX asr oxiri va XXI asr boshlarida) odamlarni mavqe va tashqi ko‘rinish ko‘proq qiziqtirgan. Bugun men hamkorlik qiladigan milliarderlarning xotinlari aksariyat hollarda Ayvi ligasi universiteti diplomiga ega va xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi”. Bularga, masalan, Mark Sukerbergning rafiqasi Pristsilla Sukerberg kiradi. Biroq bunday o‘zgarish uchun bir necha o‘n yillar talab etildi.

    Как одеваются жены миллиардеров в обычной жизни (По красной дорожке в таком  не пойдешь) / AdMe

    Barbara davrida milliarderlarning xotinlari na akademik yutuqlari, na xayriya tajribasi bilan maqtana olardi. 

    “Menimcha, ularning ba’zilari ilgari eskort xizmatida ishlagan”, deydi Barbara. “Bu ishda kun bo‘yi “akulalar” bilan kurashgan erkaklarga ma’qul bo‘lgan bo‘lsa kerak, shuning uchun uyda ayollarni faqat Christian Liaigre mebellariga bezak sifatida ko‘rishni istashgan.

    Ayollar esa o‘z navbatida, agar tashlab ketilsa, moliyaviy kelajagini ta’minlash uchun kamida ikkita farzandni ketma-ket dunyoga keltirish kerakligini tushunib yetishgan. O‘sha paytlarda ajralish imtiyozli guruhdan chetlashtirilishni anglatardi. Bugungi kunda ham xotinlar tezda ikki bolali bo‘ladi, lekin keyin o‘zlari ajrashishga ariza beradi, chunki nikohda qolishning ma’nosini ko‘rishmaydi.

    “Asta-sekin yaqindan tanishib borgan xotinlarga achinib ketdim”, tan oladi Barbara. “Ular bir vaqtning o‘zida ham zerikkan, ham qo‘rquvda yashardi. Ular qarishdan qo‘rqishardi. Ular bir-birlariga ishonmasdi”.
    27 may, 10:34   Izoh (0)   1839
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #milliarder#hashamat#shou-biznes#boylik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyodagi eng qimmat uylar qayerda va ular qanday ko‘rinishda? (foto)

    05.05.2019, 16:04

    Saloh, Neymar, Mbappe va “o‘zga sayyoraliklar”ning “samoviy” boyliklari. Dunyoning eng yaxshi futbolchilari qancha daromad ko‘radi?

    07.12.2020, 12:01

    2020-yilda oila qurgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    02.01.2021, 14:51

    Shaxsiy mashinalar kolleksiyasi va shohona qasr egasi: dunyodagi eng yosh milliarder qanday hayot kechiradi? (foto)

    22.02.2022, 15:37

    1788 ta xona, 5 ming kishilik zal va tilla unitaz: arab shayxlarining hashamatli saroylari qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    17.05.2022, 11:45

    Qimmatbaho va hashamdor: tarixdagi eng qimmat soatlar (foto)

    11.10.2022, 20:50

    Sharq malikalari: dunyodagi eng chiroyli arab kelinlari (foto)

    05.06.2023, 09:30

    Ziqna emas, tejamkor: kamtarona yashaydigan va millionlarini oqilona sarflaydigan mashhurlar (foto)

    23.01.2024, 11:10

    Sharq malikalari: to‘yida eng go‘zal obrazda namoyon bo‘lgan mashhur arab kelinlari (foto)

    12 fevral, 15:58

    Bollivud yulduzlaridan badavlat merosxo‘rlargacha: Hindistonda o‘tkazilgan eng qimmatbaho va dabdabali to‘ylar top-10 taligi

    15 mart, 11:40

    Dunyodagi eng qimmat uylar qanday ko‘rinishda va kimlarga tegishli?

    10 aprel, 14:56

    Dunyoning eng boy 5 sportchisi: Ronaldo, Messi va boshqalar milliardlarini nimaga sarflaydi?

    8 may, 20:25

    Bill Geyts o‘zining deyarli barcha boyligini kambag‘al va bemorlarga tarqatish niyatida

    9 may, 18:35

    Devid va Viktoriya Bekxemning kelini ularni “zahar va o‘ziga bino qo‘ygan” deb hisoblaydi

    12 may, 17:40

    Alisher Usmonovni “Dilbar” yaxtasi egasi deb atash taqiqlandi 

    13 may, 11:55

    Pul, qurol va siyosat: Trampning Saudiya Arabistoniga tashrifida nimalarga erishildi?

    14 may, 09:48

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    16 may, 23:05

    Jeff Bezosning qallig‘i Parijda dabdabali qiz bazmini o‘tkazdi

    18 may, 17:55

    Ilon Mask yana janjal markazida: nima uchun milliarder ko‘p farzandli bo‘lishga bunchalik berilib ketgan?

    20 may, 19:55

    Abu-Dabida to‘liq haydovchisiz robotaksilar sinovdan o‘tkazilmoqda 

    19 may, 22:10

    Qimmatbaho uzuk, yaxta va 50 mln dollar tovon puli: mashhurlar sobiq sevgilisidan olgan eng qimmatbaho sovg‘alar

    21 may, 08:00

    Betmandan Sukerberggacha: eng tejamkor mashhurlar ro‘yxati tuzildi

    21 may, 17:40

    MrBeast YouTube tufayli eng yosh milliarderga aylandi

    24 may, 13:40
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Motosikl va skuter o‘rtasida sodir bo‘lgan YTHda 2 haydovchi vafot etdi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 18:05

    Germaniyada ishlashga yuborilgan 14 nafar o‘zbek talabasiga yordam ko‘rsatildi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 17:40

    Vitaliy Denisov: “Asosiy vazifa bajarildi, endi yangi marralarni zabt etish kerak”

    Sport | 8 iyun, 17:37

    Isroil yordam punktida otishma sodir etdi

    Dunyo | 8 iyun, 17:15

    Iste’dodlar fabrikasi — Bo‘zatov FEST yangi yulduzlarni kashf etdi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 17:00

    Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 16:17

    O‘zbekistonda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 15:26

    Kolumbiya prezidentligiga nomzodga suiqasd uyushtirildi

    Dunyo | 8 iyun, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.