• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    1978-yilda grek milliarderi Aristotel Onasissning yolg‘iz qizi Kristina kutilmaganda Sovet fuqarosi Sergey Kauzovga turmushga chiqadi. O‘sha paytda Sovet fuqarolariga xorijliklar bilan oila qurish taqiqlangandi. Biroq Sovet hukumati negadir Sergeyning kapitalist ayolga turmushga chiqishiga rozilik beradi. Keyinchalik bu nikoh KGB maxsus operatsiyasi bo‘lgani aytiladi.

    Tarix sahnida 74 yil yashagan sovet tuzumi o‘z fuqarolariga juda ko‘plab taqiqlar qo‘ygandi. Masalan, SSSR fuqarolari doimiy yashash uchun xorijiy davlatlarga chiqib keta olmasdi. Nafaqat chiqib keta olmasdi, hatto sayohatga ham bora olmasdi.

    SSSR fuqarolari faqat sotsialistik lagerga borishi mumkin edi, unda ham KGBning ming chig‘irig‘idan o‘ta olsa. Yaʼni ajdodlari orasida sho‘ro tuzumiga qarshi chiqqanlar, dindorlar, turli sabablarga ko‘ra qamalganlar bo‘lmasligi kerak edi.

    Shuningdek, sotsialistik lagerga kiruvchi davlatga sayohatga bormoqchi bo‘lgan shaxs jamiyat ilg‘ori, mehnat qahramoni yoki o‘z sohasida taniqli shaxs bo‘lishi lozim edi.

    Yuqoridagi gaplarni o‘qiyotgan ayrimlar “Unday emas, mening otam yoki bobom oddiy odam bo‘lgan va Polshaga (yoki boqa sotsialistik davlatga) sayohatga borgan deb eʼtiroz bildirishi mumkin.

    To‘g‘ri, oddiy odam ham borgan. Lekin hurmatli o‘quvchi o‘sha paytda otangiz yoki bobongiz haqidagi hujjatlarga u “tuzumga fidoyilik bilan xizmat qilishi, mehnat yutuqlariga erishgani” va boshqa “ijobiy xislatlari qo‘shib yozilgan. Aks holda KGBning chig‘irig‘idan o‘tib bo‘lmasdi.

    Sovetlar o‘z fuqarolariga nisbatan qattiqqo‘l siyosat yurg‘izar ekan, ayrim hollarda istisnolar bo‘lib turgan. Masalan, 1978-yilda qandaydir Sergey Kauzov ism-sharifli shaxsga xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan ayolga uylanishga ruxsat berishadi.

    Sergey Kauzov oddiy ayolga emas, yirik biznes imperiyani boshqarayotgan milliarder ayolga uylangandi

    O‘shanda Kauzovning Moskvada xotini va bolalari bor edi. Biroq sovetlar uning xorijlik ayolga uylanish uchun xotini bilan ajrashish uchun bergan arizasini ham qisqa vaqtda qanoatlantirishadi.

    Oila institutiga jiddiy qaragan sovetlarning bu ishi o‘shanda ko‘pchilikni qattiq ajablantiradi. Biroq hech kim hech qanday izoh bermaydi. SSSR tarqab ketgandan so‘ng Sergey Kauzov bilan sodir bo‘lgan ish – yaʼni uning oilasidan ajrashib xorijlik ayolga uylanishi KGB maxsus operatsiyasi ekani oydinlashadi. Xo‘sh, KGBga bu ish nega kerak bo‘lgandi?

    Milliarderning qizi bo‘lgan milliarder

    Sergey Kauzov oddiy ayolga emas, milliarderning yolg‘iz qizi va merosxo‘ri bo‘lgan va otasining o‘limidan so‘ng uning biznes imperiyasiga egalik qila boshlagan Kristina Onasissga uylangan edi.

    Kristinaning otasi Aristotel Onasissning millati grek bo‘lib, u 20-asr boshlarida Turkiyaning Izmir shahri yaqinida tug‘ilgan. Turkiya o‘z mustaqilligini saqlab qolgach, bu davlat hududida yashab kelgan ko‘plab greklar tarixiy vatani bo‘lgan Gretsiyaga ko‘chib o‘tadi. Aniqrog‘i, qochib ketadi. Ular orasida Oanisisslar oilasi ham bor edi.

    Aristotel Onasiss ulg‘aygach kemasozlik bilan shug‘ullana boshlaydi va keyinchalik yirik tadbirkor va milliarderga aylanadi. Maʼlumot uchun, dunyodagi birinchi supertankerni aynan Aristotel Onasiss egalik qilayotgan kompaniya quradi.

    Aristotel Onasiss va Jaklin Kennedi

    1950-yillarda Aristotel dunyoga mashhur milliarder edi va uning nomi amerikalik mashhur boylar – Rotshildlar va Rokfellerlar bilan tilga olinardi.

    Aristotel 1960-yillar boshlarida AQSH prezidenti bo‘lgan Jon Kennedi bilan do‘stona aloqalarda bo‘lgan va uni o‘z ziyofatlariga chaqirib turgan. Kennedi davlat ishlari bilan band bo‘lgan paytlarda milliarderning ziyofatlariga uning xotini Jaklin Kennedi borib turgan.

    1960-yilda milliarder xotini bilan ajrashadi va shundan so‘ng o‘sha paytda omma orasida Aristotel o‘zidan 23 yosh kichik bo‘lgan Jaklin Kennedini sevib qolgani haqida gap-so‘zlar tarqaladi.

    1963-yilda Jon Kennedi o‘ldiriladi. Shundan so‘ng beva qolgan Jaklin vaqtini Aristotel bilan o‘tkaza boshlaydi va 1968-yilda unga turmushga chiqadi. O‘shanda milliarder 62 yoshda, Jaklin esa 39 yoshda edi.

    Aristotelning birinchi xotinidan ikki nafar farzandi bo‘lgan. 1948-yilda tug‘ilgan Aleksandr va 1950-yilda tug‘ilgan Kristina. 1973-yilda Aleksandr aviahalokatda halok bo‘ladi.

    Aristotel Onasiss xotini va ikki nafar farzandi bilan

    Sovet fuqarosiga turmushga chiqish va ajrim

    1975-yilda Aristotel Onasiss vafot etadi va 25 yoshli Kristina uning biznes imperiyasidagi 55 foiz ulushga ega bo‘ladi. Qolgan 45 foiz ulushni Aristotel halok bo‘lgan o‘g‘li Aleksandr nomida ochgan fond ixtiyorida qoldiradi. Jaklin Kennediga esa arzimagan mablag‘ tegadi.

    Aristotel ayol otasining milliardlari bilan birga ulkan flotiga ega bo‘ladi va Aristotelning kompaniyasini boshqara boshlaydi. O‘sha paytda uning floti dunyodagi eng yirik flot hisoblanardi.

    Otasining vafotidan so‘ng milliarder boyga aylangan Kristinaga uylanmoqchi bo‘lgan daʼvogarlar ko‘payadi. Ayol o‘shangacha bir necha marta oila qurgan va ajrashgandi. Dunyoning turli burchaklaridan unga har xil insonlar uylanish taklifini bildirishadi. U millati grek bo‘lgan Aleksandr Andreadisga turmushga chiqadi.

    1976-yilda Kristina Moskvaga keladi. Maqsad o‘zaro kelishuvga erishib, ularning yuklarini tashib berish edi. Kristina Moskvada sovetlar eksport qiladigan g‘allani yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishadi.

    Ayol Moskvada sovetlar bilan o‘tkazgan muzokaralar davomida Sergey Kauzov ism-sharifli shaxs bilan tanishib qoladi. Bu odam SSSR dengiz floti vazirligi xodimi bo‘lib ishlardi.

    Sergey Kauzov va Kristina Onasiss

    Muzokaralarning ikkinchi bosqichi Parijda bo‘lib o‘tadi va aynan Kristinaning talabi bilan Sovet delegatsiyasiga Kauzov boshchilik qiladi. O‘sha paytda yigitning xotini va bolalari bor edi. Shunga qaramay Sergey va Kristina bir-birini sevib qoladi.

    Kristina har doim ham SSSRga kela olmasdi. Shu sababli Sergey xorijga serqatnov bo‘lib qoladi va sevishganlar asosan Parij va Londonda uchrashib yurishadi. Ular bir muddat uchrashib yurishgach oila qurishga qaror qilishadi. Biroq ularning ikkisi ham oilali edi.

    Birinchi bo‘lib Kristina eri bilan ajrashadi va bu ish 1977-yilda sodir bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay Sergey ham xotini bilan ajrashadi. Sevishganlar “erkin qushga aylangach” 1978-yilda Kristina Moskvaga keladi va ular shu yerda nikohdan o‘tadi. O‘shanda Kristina 28, Kauzov esa 37 yoshda edi.

    O‘shanda dunyoga taniqli milliarder va Sergeyning nikohi barchani ajablantiradi. O‘z fuqarolarining xorijliklar bilan nikohlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan sovet davlati Sergeyning Kristina bilan nikohlanishiga ruxsat berishi ajablanarli edi.

    Qolaversa, sovetlar oila institutiga jiddiy qarar va o‘z fuqarolarining nikohni bekor qilishiga ancha-munchada yo‘l qo‘ymasdi. Shu tomondan qaraganda ham Sergeyning Kristina bilan nikohlanishi uchun xotini bilan osongina ajrashishi favqulodda holat edi.

    Kristina va Sergey nikohdan o‘tish paytida

    Sergeyning Kristinaga uylanishi KGB maxsus operatsiyasi bo‘lganmi?

    Kristinaning Sergeyga turmushga chiqish uchun eridan ajrashishi, juda ko‘plab dunyoga taniqli shaxslarning iltifotlarini rad etib oddiy sovet fuqarosiga turmushga chiqishi haqida bir nechta taxminlar bor.

    Birinchi taxmin. Kunlarning birida Kristinaga lo‘li ayol duch keladi va fol o‘chib qo‘yishni taklif qiladi. Qiziquvchan Kristina uning taklifini rad etolmaydi.

    Shunda lo‘li ayol tez orada ering bilan ajrashasan va rus yigitiga turmushga chiqasan deydi. Kristina uning gaplariga kulib qo‘yadi va yo‘lida davom etadi.

    Ayol 1976-yilda sovetlar bilan yuk tashib berish bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga kelganda Sergey Kauzovga ko‘zi tushadi va shunda lo‘li ayolning bashoratini eslaydi.

    Ikkinchi taxmin. 1970-yillarning ikkinchi yarmida garchi o‘zini juda qudratli davlat deb bilsada sovetlarda yuk tashuvchi yirik kemalar yo‘q edi. Shu sababli xorijiy davlatlarga neft, suyultirilgan gaz, g‘alla, sanoat va va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qiladigan SSSRga arzon narxda yuk tashib beradigan kompaniya kerak edi.

    Sovetlar 1975-yilda otasining juda katta flotiga ega bo‘lgan Kristina Onasissni tanlashadi. Bunga sabab o‘sha paytda ayol AQSH fuqaroligidan voz kechgan va Gretsiya hamda Argentina fuqaroligiga ega edi.

    Sovetlar uchun eng muhim masala ayolni Moskvaga taklif etgandan so‘ng u bilan kelishuvga erishish edi. Kapitalistik dunyo qoidalari bilan ulg‘aygan va yashab kelayotgan Kristina sovet tuzumi qonun-qoidalarini hazm qila olmasligi va oqibatda kelishuv imzolanmasligi ham mumkin edi.

    Kristina va Sergey Moskvada

    Sovetlar KGBdan foydalanishga qaror qilishadi va xafsizlik xizmati maxsus operatsiya o‘tkazishga qaror qiladi. Bu uchun bir yildan oshiqroq vaqt mobaynida Kristinani kuzatishadi. Ayol nimalarni yoqtiradiyu, nimalarni xushlamaydi, unga qanday insonlar yoqadi, barchasini puxta o‘rganishadi.

    Shundan so‘ng aslida KGB xodimi bo‘lgan va SSSR tashqi savdo floti vazirligida kichik xodim bo‘lib ishlab kelayotgan Sergey Kauzov tanlanadi. Unga Kristina Moskvaga kelganda ayolga xushomad qilish va uning eʼtiborini qozonish, lozim bo‘lsa u bilan “sevishish va oila qurish” topshirig‘i qo‘yiladi.

    1976-yilda Kristinaga hamkorlik qilish taklifi beriladi. U qabul qiladi va muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga keladi. Shunda KGB rejada belgilanganday Sergeyni unga ro‘para qiladi.

    Yigit Kristina o‘kazgan muzokaralarda qatnashadi. Bo‘sha vaqtlarida unga Moskvani ko‘rsatish taklifini berib, ijobiy javob oladi. Ishlar silliq kechavergach ayolga sevgi izhor qiladi.

    Kristina ham kelishgan yigitni yoqtirib qoladi va bo‘sh vaqtini Parijda u bilan o‘tkaza boshlaydi. Bu orada ular turmush qurishga qaror qilishadi va 1978-yilda Moskvada nikohdan o‘tishadi.

    Kristina Sergeyni yoqtirib qolgach SSSR mahsulotlari uchun yuk tashish narxlarini ancha pasaytiradi va shu tariqa sovetlar o‘z maqsadlariga yetishadi.

    Kristina va Sergey bir-biriga nikoh uzugi taqmoqda

    Kristina hamda Sergeyning keyingi hayoti va bevaqt o‘lim

    Kristina va Sergey nikohdan so‘ng asal oyini SSSRda o‘tkazishadi. Biroq milliarder ayolga G‘arbdagi hayotga nisbatan ancha “g‘aribona” bo‘lgan sovet turmush tarzi yoqmasdi. Shu sababli er-xotin birga yashash uchun Londonga ketishadi.

    Internatsional oila bir yarim yil tinch-totuv yashaydi va keyin Sergey bilan Kristina bir-biridan zerika boshlaydi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak Kristina Sergeydan zerika boshlaydi. Oqibatda 1980-yilda ular ajrashadi.

    Ajrimdan so‘ng Kristina Sergeyga Londonda hashamatli uy va ikkita yirik tanker sovg‘a qiladi. Sovet davlatida fuqarolarning xususiy mulkga ega bo‘lishi taqiqlangandi. Shu sababli Sergey Angliyadan SSSRga qaytishni xohlamaydi va o‘sha yerda yashab qoladi.

    O‘shanda KGB Sergeyni SSSRga qaytarish va uning ixtiyorida bo‘lgan ikkita tankerni davlat ixtiyoriga qaytarish uchun ancha harakat qiladi. Biroq yigit Moskvaga qaytishni xohlamaydi va ko‘p o‘tmay angliyalik ayolga uylanadi. Hozir 83 yoshga kirgan Sergey Kauzov hamont tirik va u Britaniyada yashab kelmoqda.

    Kristina Sergey bilan ajrashgach, oradan to‘rt yil o‘tib Tiyerri Russel ism-sharifli kimsaga turmushga chiqadi. Yigit fransiyalik dori-darmon sanoati bilan shug‘ullanuvchi boy oilaning farzandi edi. 1985-yilda qiz farzand ko‘radi va unga Afina deb ism qo‘yadi.

    Kristina Onasiss fransuz eri va qizi bilan

    1987-yilda Kristina Tiyerri bilan ham ajrashadi. Oradan bir yil o‘tgach ayol 38 yoshida Argentina poytaxti Buenos Ayresda vafot etadi. Vrachlar Kristinaning o‘limiga infarkt sabab bo‘lgan deb topishgan.

    Kristinaning o‘limidan so‘ng Aristotel Onasissdan qolgan biznes-imperiya uning nabirasi Afina Onasiss ixtiyoriga o‘tadi. Hozirgi kunda 40 yoshda bo‘lgan Afina avvaliga bobosidan, so‘ng onasidan meros qolgan biznes-imperiyani boshqarib kelmoqda.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi.

    7 iyun, 16:20   Izoh (0)   868
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.